Rog‘ib (1865-1935)

Rog‘ib (taxallusi; asli ism-sharifi Muhammad Rahim Shokir o‘g‘li) (1865 — Xorazm viloyati Urganch tumani Qorovul qishlog‘i — 1935) — shoir. Navoiy, Hofiz, Munis, Ogahiy, Komil kabi shoirlar ijodini o‘rgangan, g‘azallariga muxammaslar bog‘lagan. She’riyatdagi iste’dodini ko‘rgan Feruz uni saroyga taklif qilgan. davomi…

Alamkash (1846-1924)

Alamkash (taxallusi; asl ismi Ubaydullo Islom o‘g‘li) (1846 — hozirgi G‘allaorol tumani, Qizilqo‘rg‘on qishlog‘i — 1924) — shoir, xattot, tarjimon. O‘z qishlog‘ida maktab ochib, shu maktab o‘quvchilari uchun hisob ilmiga oid darslik tuzgan. Alamkashning 100 dan ortiq she’rdan tarkib topgan davomi…

Otaniyoz Niyoziy (1844-1928)

Niyoziy (taxallusi; ismi Otaniyoz Xo‘janiyoz o‘g‘li, 1844 — Shovot tumani — 1928) — shoir, bastakor. Komiljon Otaniyozovning otasi. Xivadagi Arabxon madrasasida o‘qigan. Arab, fors tillarini o‘rgangan, aruz ilmini puxta egallagan. Xivadagi Abdullaxon madrasasida mudarrislik qilgan (1920). Mumtoz she’riyatning turli janrlarida davomi…

Dilafgor (XIX-XX asr)

Abdulboriy Shermuhammad Hoji o‘g‘li (Dilafgor) XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asrning birinchi yarmida Toshkentga yaqin Pskent shahrida tug‘ilib, yashab, o‘z davrining maktab va madrasasida tahsil olib, jo‘shqin iste’dodi bilan zamondosh muxlislarining ehtiromiga sazovor bo‘lgan shoirlardandir.Dilafgor, xususan, Andijonda yashab, madrasada o‘qigan davomi…

Miriy (1830-1899)

Miriy (taxallusi; asl ism-sharifi Ochildimurod Ne’matilla o‘g‘li) (1830 — Kattaqo‘rg‘on—1899) — shoir va xattot. Kattaqo‘rg‘ondagi Naqibxo‘ja va Buxoro madrasalarida o‘qigan. Kalliqo‘rg‘on mavzeida qozilik qilgan (1888). Miriyning mukammal devoni, ikkita bayozi, qator epik asarlari saqlangan. Miriy ijodining asosiy qismini uning dostonlari davomi…

Umidiy (1835-1905)

Umidiy (Havoiy, Marg‘iloniy — taxalluslari; asl ism-sharifi Muhammadumar qori Ne’matulla oxun o‘g‘li) (1835 — Marg‘ilon shahri — 1905) — shoir, tarixchi. Hayoti Farg‘ona va Marg‘ilonda, Sharqiy Turkiston (Qashqar)da kechgan, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlar bilan yaqin ijodiy hamkorlikda bo‘lgan. Ijodiy davomi…

Muazzamxon (1833-1917)

Muazzamxon Mirsaid qizi (19-asrning 2-yarmi, Xo‘jand — 1917, Jizzax) — shoira. Muazzamxon o‘zbek va fors mumtoz adabiyoti namoyandalarining ijodi bilan chuqur tanishgan, aruz vaznini mukammal o‘zlashtirgan va har ikkala tilda ham ijod qilgan. Muazzamxonning 1000 misradan ortiqroq devon tartibida tuzilgan davomi…

Maxmur Koriziy (1820-1876)

Abdulkarim Barot o‘g‘li Maxmur Koriziy 1820 yil Jizzaxga qarashli Koriz qishlog‘ida kambag‘al dehqon oilasida dunyoga keldi. U 16 yoshlarida Farg‘ona vodiysining markaziy shaharlaridan biriga tahsilni davom ettirish uchun boradi. Bir she’rida esa yigirma besh yoshlarida yana Jizzax vohasiga qaytib kelganini davomi…

Rojiy Xo‘qandiy (1871-1924)

Rojiy, Sulaymonqul usta Suyarqul o‘g‘li (1871 — Qo‘qon — 1924.11.11) shoir, xattot. Qo‘qon madrasalarida tahsil ko‘rgan. Rojiy ishqiy g‘azallar, satirik she’rlar, ta’rixlar yozgan. Ularda samimiy muhabbat ulug‘langan, 1-jahon urushi voqealari aks etgan, insonning jamiyatda tutgan o‘rni va qadr-qimmatiga baho berilgan. davomi…


Maqolalar mundarijasi