Xon (1808-1842)

Ma’dalixon Umarxon o‘g‘li 1808 yilda Qo‘qonda tug‘ilgan. Uning onasi mashhur shoira Nodiradir. Ma’dalixon yoshligidan boshlab Umarxon saroyining dabdabali muhitida tarbiyalandi. Aysh-ishrat majlislariga, adabiy o‘tirishlarga qatnashib o‘sdi. Bu adabiy majlislar unga jiddiy ta’sir qoldirgan va yosh Ma’dalixonni «majnun sifat», shoir tabiat davomi…

Fazliy (XVIII-XIX asr)

Fazliy Namangoniy (taxallusi; asl ismi Abdulkarim, 18-asr 2-yarmi — 19-asr 1-yarmi, Namangan) — shoir, adabiyotshunos. 19-asr boshlarida To‘raqo‘rg‘on va Namanganda turli mansablarda ishlagan. Umarxon hukmronligi yillari (1810—22) Qo‘qonga kelgan. She’riy iste’dodi tufayli xonning marhamatiga sazovor bo‘lib, tez orada saroy shoirlarining davomi…

Kiromiy (XVIII-XIX asr)

Sayid Muzaffar Xo‘ja Kiromiyning biografiyasi va ijodi hali to‘la o‘rganilgan emas. Xorazm shoirlaridan Nishotiy o‘zining «Husnu dil» nomli dostonining 10-bobida bu asarni yozishda Kiromiydan ilhomlanganini aytib o‘tadi. «Husnu dil» 1778 yilda yozilgan. Xorazmda 1791 yilda tuzilgan bir bayozga Kiromiyning ikkita davomi…

Hakima (1840-1919)

Shoira Hakima Abdurahim qizi 1840 yilda Kattaqo‘rg‘onning Alijon qishlog‘ida maktabdor domla oilasida tug‘ildi. U bolaligidayoq ota-onadan yetim qolib, kichik akasi Abrorqulning qo‘lida tarbiyalandi. Zamonasining talantli shoiri va olimi Muhammad Sharif Shavqiy bilan qo‘shni va do‘st bo‘lgan shoirtabiat Abrorqul yosh Hakimaning davomi…

Nodim (1844-1910)

Nodim Namangoniy (taxallusi; asl ism-sharifi Sulaymonxo‘ja Ulug‘xo‘ja o‘g‘li) (1844 — Namangan —1910) — shoir. Saidqulibek madrasasida tahsil ko‘rgan. Arab, fors tillarini o‘rgangan. Qo‘qon va Toshkentda bo‘lgan, fan-texnika yangiliklari, rus madaniyati, adabiy va madaniy doiralari bilan yaqindan tanishgan. Buxoro, Samarqand (1899), davomi…

Rojiy Xorazmiy (XIX asr)

Rojiy (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Yusuf Mahzum ibn Xo‘jamberdi; 19-asr 30-yillari — Xiva — 20-asr boshi) — shoir, tarjimon va xattot. She’rlarining yetakchi mavzui — ishq-muhabbat. Mumtoz adabiyot an’analarini ijodiy davom ettirgan, unga yangi mavzu va obrazlar olib kirgan. G‘azallarida davomi…

Mutrib Xonaxarobiy (1865-1925)

Mutrib Xonaxarobiy (taxallusi; asl ismi Muhammad Hasan Hoji Tabib o‘g‘li), (1865-Xiva-1925) – shoir. Xivadagi Muhammad Aminxon madrasasiyaa tahsil olgan. Maqomchi-bastakor sifatida ham mashhur bo‘lgan (Mutrib—sozanda, taxallusi shundan). Mutrib Xonaxarobiyning serqirra iqtidorini yuqori baholagan Feruz uni saroyga jalb etib, devonbegilik vazifasiga davomi…

Ahmad Tabibiy (1869-1911)

Ahmad Tabibiy (taxallusi; asl ismsharifi Ahmad Ali Muhammad o‘g‘li, 1869—Xiva—1911) — shoir, tarjimon, tabib. Xiva madrasalaridan birida o‘qigan. Otasidan va zamonasining mashhur tabibi Yaxshimurodbekdan tabiblikni o‘rgangan, Muhammad Rahimxon II (Feruz) saroyida tabiblik qilgan. She’riyatda shuhrat qozongan. O‘zbek va fors-tojik tillarida, davomi…

Mutriba (1894-1964)

Salomat Parda qizi Mutriba 1894 yilning 20 avgustida Kattaqo‘rg‘onning Qalandarxona mahallasida maktabdor mulla oilasida tug‘ildi. 12 yoshida qizlar maktabini bitirgach, mustaqil mutolaaga berildi. Adabiyotga mehr-ishtiyoqi zo‘r bo‘lgan yosh Salomat Navoiy, Hofiz, Bedil kabi ulug‘ shoirlar ijodini o‘rgandi. 14-15 yoshidan boshlab, davomi…

Nozimaxonim (1870-1924)

Nozimaxonim (1870 – Toshkent — 1924) — shoira. O‘zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi jurnalist-publitsist. Tatar, arab va fors tillarini o‘rgangan. Orenburg va Qozonda chiqib turgan matbuotni muntazam kuzatib borgan. Yevropa adabiyoti va madaniyati bilan tanish, erkparvarlik g‘oyalaridan bahramand bo‘lgan. O‘zbek davomi…


Maqolalar mundarijasi