Nurullo Oston. Yaxshiyam odamda ko‘richak bor (hajviya)
Dam olish yaxshi narsa-da! Ufqqacha tutashib ketgan sohil, moviy dengiz, quyosh harorati, kechqurun diskoteka… mazza! Men ana shunaqa dam oladigan joylarning juda ko‘pini bilaman. Sochi, Yalta, Evpatoriya, Fors ko‘rfazi, Oltin qumloq, Mayami-Siti… Hammasini ko‘rganman. Xaritada. Har yili ta’til paytida xaritaning davomi…