Chakayya U Tamsi (Kongo)

BU ChEHRA… Bu chehra ochilar lovillagan kuz gullariday, Shodligim bu chehraga hil-hil pishgan meva to‘la shoxlarni hadya etayotganin yoki uni ko‘ngilga yaqin o‘zgacha bir kengliklar, o‘zgacha bir tumanlar sari boshlayotganin ko‘rib xudo mendan quvonar. Unga qo‘llarimni hadya qilaman, bo‘zargan qishdan davomi…

Tesfaye Gessesse (Efiopiya)

Tesfaye Gessesse – efiopiyalik shoir. 1936 yili tug‘ilgan. FEVRAL O‘ZGARIShLARIGA Qalqaylik, yoronlar, bir devor bo‘lib, aziz yurtimizga madadkor bo‘lib! Dehqon omochini ushlasin mahkam, qurolin qo‘ymasin qo‘ldan jangchi ham, men esa vatanga so‘z kuchi bilan bir umr xizmatda bo‘lmoqqa shayman! Qolmasin davomi…

Gabriel Okara (Nigeriya)

Gabriel Okara – nigeriyalik shoir. 1921 yili tug‘ilgan. QAChONLARDIR, O‘G‘LIM Qachonlardir, o‘g‘lim, ular kulishardi yurak-yurakdan, kulishardi chaqnab ko‘zlari. Endi kulishar ular faqat tishlari bilan, muzli sovuq ko‘zlari esa timirskilar mening soyamni. Shunday paytlar bo‘lgandiki, o‘g‘lim, ular qo‘limni siqishardi dildan, endi davomi…

Jerid Angira (Keniya)

OTAMNING VASIYaTI Yaqinroq kel, Yaqin kel. Bo‘yraga o‘t, Bo‘yraga. Olovni yoqma, Olovni. Istamayman tutunni, Istamayman tutunning Seni yig‘latishini, Seni yig‘latishini. Magar yig‘lasang, unda Marhum bobongga yig‘la, Marhum momongga yig‘la. Yig‘lamagin qoshimda, Yig‘lamagin boshimda, O‘g‘lim — avlodim mening. Yaqinroq kel, Yaqin davomi…

Estash Pryudensio (Benin)

OQIM BO‘YLAB Qachonlardir suzish kerak bo‘lgandir sizga, So* bo‘ylab Ganve*dan Kinto*gacha? Suzmagan bo‘lsangiz, unda tezroq, do‘stlarim, Kalaviga, Kalavi*ga, uzun, tor kayiqlar kutguvchi joyga. Sizni ajablantirar qayiqchining tezkor harakatlari, Yaraqlagan suvning sokin shovullashida — Tangachalarga o‘xshash — oqim bo‘ylab pastga Uning davomi…

Ahmad Ozodgoh (Jazoir)

ETAR ENDI! Barmoqlar, O‘qingiz Gitara sasin. Lablar, Shivirlangiz: Umid yashasin. Yetar endi tinglamoq Osmon shikoyatini, Yetar endi yig‘lamoq So‘ngan yulduzga, Yetar endi achinmoq So‘xtasi sovuq Qishni eslatuvchi Aldoqchi kuzga. Yetar endi ko‘z tikmoq Olisdagi sarobga. Ishonmang xotirani So‘ndiruvchi kitobga. Kerakmas davomi…

Ma’mun ash-Shinaviy (1914-1994)

Ma’mun ash-Shinaviy (مأمون الشناوي) – misrlik mashhur shoir. U 1914 yili Mansur shahrida tug‘ilgan. UYG‘ON, SEVGILIM… Uyg‘on, sevgilim, uyg‘on, Kun berma uyqularga, Uyg‘on, ko‘zlaringni och, Qara yangi kunlarga! Uyg‘on, sevgilim, uyg‘on, Yurakdan uyquni quv Qara, tip-tiniq osmon, Tovlanib turipti u. davomi…


Maqolalar mundarijasi