Iskandar Al-Huriy (Misr)

ZAYTUN DARAXTI Zaytun daraxtidan munis nima bor? Zaytun daraxtidan to‘kis nima bor? Qara shoxlariga, mevasiga boq, Yellarda shildirar minglarcha yaproq. O zaytun daraxti, sendan tushmaymiz: Hosilingni yig‘ib ko‘ngil xushlaymiz. Zumrad mevalaring quyoshda pishar. Yeb ko‘rsak, hovlimiz jannatga o‘xshar. Zaytunjon, sen davomi…

Ali Muhammad ar-Roqiy (1934)

Ali Muhammad ar-Roqiy 1934 yili Liviyada tug‘ilgan. MENING VATANIMDA… Ishq tark etdi. Olislarda qoldi muhabbat. Sevgim ketdi. Armon qoldi, bitmas yara kabi g‘am qoldi faqat. Bu achchiq qasidam ishq haqda emas, achchiq armon haqda ham emas. Bugun seni kuylayman, ona davomi…

Bayram At-Tunisiy (XX asr boshi)

Bayram At-Tunisiy – XX asrning birinchi yarmida ijod qilgan misrlik shoir. MUNAJJIM Derlar, munajjimlar Dono azaldan. Bilarmish taqdirni Ular avvaldan. Men ishonolmayman, Dilda alanga – Bermam munajjimga Hatto bir tanga! Dil daftarim titib Nima qilaman: O‘zimdan o‘tganni O‘zim bilaman. Kuymayman, davomi…

Komil Ayyub (Misr)

ShAHARDAGI QAHVAXONA Sovuqdan junjukkan odamlar bunda Isinib ketarlar kunda va kunda. Gohi sharob ichib isinadilar, Tamaki chekib ham isinar ular. G‘amdan o‘zni shunday soqit qilmoqchi, Barcha tashvishlardan shart qutulmoqchi. Ichar xandon bo‘lay deb faqat bir kun, “Mallasoch xonim”ning sog‘lig‘i uchun. davomi…


Maqolalar mundarijasi