Saloh Abdus-Sobir (1931-1981)

Saloh Abdus-Sobir (صلاح عبد الصبور) 1931 yili Misrda tug‘ilgan. Shoir, tanqidchi, dramaturg “KEChIRING, DO‘STLARIM…” Kechiringlar, do‘stlar, bu yilda daraxtlar ham – mevasiz, abgor, dasturxonim bo‘m-bo‘sh, huvillar, sizlarni kutishga emasman tayyor, omborlar ham bo‘shdir, na qilay, ayondir bu bolalarga ham. Xasismasman, davomi…

Muhammad Hofiz Ibrohim (1871-1932)

Muhammad Hofiz Ibrohim (محمد حافظ بن إبراهيم) – misrlik shoir, “Nil shoiri” nomi bilan mashhur bo‘lgan. ShE’RIYaT She’r –bunyod bo‘lgansan orzu-armondan — Yozgan ahli donish, hisga bo‘lib g‘arq. G‘ofil el uyquga cho‘mib yotganda, G‘azal bitdi oqshom bir farzandi Sharq. She’riyat, davomi…

Faruq Juvayda (1946)

Faruq Juvayda (فاروق جويدة) – misrlik shoir va jurnalist. * * * Bir tuni… Marhumlar eslanganiday, Nega kirib kelding mening yodimga? Kelinlik libosing kiygan o‘shal dam Dafn etgandim axir seni qalbimga. Uyalib, qizarib turaverding sen, Qalb tamom unutib hijron sasini. davomi…

Abdurahmon al-Abnudiy (1938-2015)

Abdurahmon al-Abnudiy (عبد الرحمن الأبنودى‎) (1938 – 21 aprel 2015) – mashhur Misr shoiri, bolalar yozuvchisi. O‘G‘LIMGA Bu dunyoda odamlarning Eng yaxshi ko‘rgan ishi – O‘zi ekkan daraxtlarning Soya solib turishi! O‘zing ekkan anjirlardan, Yo tiklagan binodan Qanday yaxshi – davomi…

Muhammad Afifiy Matar (1935-2010)

Muhammad Afifiy Matar (محمد عفيفي مطر; 1935 – 28 iyun 2010) – misr shoiri. Ayn Shams universitetining falsafa fakultetini tamomlagan. 10 dan ortiq kitoblari chop etilgan. * * * Orzular toychog‘i o‘tlar o‘tloqda – Sevgilim ko‘ylagin hidi kelmoqda. Atrofda uyum davomi…

Amal Dunqul (1940-1983)

Amal Abulqosim Dunqul (أمل ابو القاسم دنقل‎; 1940–1983) – misr shoiri. Misr adabiyotidagi modernistlardan biri. HAMDU SANO Shamol ma’budasiga Hamdu sanolar bo‘lsin! Jasoratiga olqish, Rag‘bat-duolar bo‘lsin! Hamma “Ha” degan paytda U-chi, jasorat bilan, Qarshi chiqdi, “Yo‘q!” dedi, Inkor qildi qat’iyan. davomi…

Ahmad Hijoziy (1935)

Ahmad Abdulmu’tiy Hijoziy (أحمد عبد المعطي حجازي‎) (1935, Al-Manufiya, Misr) – misr shoiri. Frantsiyaning Sarbonna universiteti sotsiologiya bo‘limini tamomlagan (1979). Ilk she’riy kitobi “Yuraksizlar shahri” nomi bilan 1959 yili chop etilgan. SO‘Z RISARLARI Jo‘mard shoirlarga Sotmadim men so‘zni oltinga, durga, davomi…

Aginaldu Fonseka (1922-2014)

Aginaldu Britu Fonseka (Aguinaldo Brito Fonseca; 20 sentyabr 1922, Mindelu, San Visente oroli — 24 yanvar 2014) — Kabo-Verde shoiri. Portugal tilida ijod qilgan. 1945 yili mamlakatidagi iqtisodiy qiyinchiliklar sabab Lissabonga ko‘chib kelgan. Ilk she’rlari XX asrning 40-yillarida chop etilgan. davomi…

Kotib Yosin (1929-1989)

Kotib Yosin (Kateb Yacine, كاتب ياسين), jazoirlik yozuvchi. Frantsuz tilida ijod qilgan. Ramziy-impressionistik yo‘nalishdagi «Nejma» romani  (1956; shu nomdagi doston, 1948), «Yovvoyi» tragediyasi (1962), «Qatag‘on halqasi» dramatik tetralogiyasi (1954—1959) orqali milliy ozodlik harakatini kuylagan. «Muhammad, chamadoningni ko‘tar» pesasi (1971) muhojirlar davomi…

Klementina Nzuji (1944)

Klementina Nzuji (Clémentine Faik Nzuji (21 yanvar 1944) – kongolik shoir va yozuvchi. Belgiyada yashaydi. Klementina Nzuji 1944 yili Kongoda tug‘ilgan. Frantsuz tilida ijod qiladi. YO‘Q, AYBDOR EMASMAN Yo‘q, mening aybim yo‘q, Tilimni tushunmasangiz na chora. Menga Tabiat bergan Bejamdor davomi…


Maqolalar mundarijasi