Bay T. Mur (Liberiya)

Liberiyalik shoir. Ingliz tilida ijod qiladi. MOZIYGA BIR NAZAR Afrika — Paradoks. Lissabonda Zax tortgan idorada Xaritachi Xaritadagi Afrikaga Qora siyoh to‘kib yuborar bexos, Shu bois Afrikani «Qora kontinent» deb ataydilar, rost. Afrika. Tasavvur uni o‘ldirar, Odamxo‘rlar, Otashxo‘rlar, Insonlarni qurbonlikka davomi…

Marina Gashe (Keniya)

Marina Gashe (Elimo Nyau). Kikuyyu qabilasidan (Keniya) Ushbu she’r «Poems from Black Africa» to‘plamidan olindi. QIShLOQ Ko‘nyoriri, Azal Mehnat Qishlog‘i, Abadiy mashaqqat, zahmat qishlog‘i. Tuganmas oqimday yo‘ldan o‘tarlar So‘qasin ortmoqlab qari kampirlar, Qoraygan, bukchaygan, sokin, qayishqoq, Jo‘xori dalasin qilishar o‘toq. davomi…

Izrael Kafu Xo (Gana)

Izrael Kafu Xo 1912 yili Ganada tug‘ilgan. Ingliz va eva tilida ijod qiladi. ChAQALOQ Xotin, bu chaqaloq yevropalikday: Unga yoqmayapti bizlarning ovqat. Kaftdanmas, suv ichar idishdan faqat. Chaqaloq injiqdir yevropalikday: Tilin tushunmasak, ko‘tarar g‘avg‘o, Bizning tilimizda so‘zlamas aslo. Go‘yo yevropalik davomi…

Rene Filombe (Kamerun)

Rene Filombe (haqiqiy ismi Filipp-Lui Ombede) 1930 yili Kamerunda tug‘ilgan. Frantsuz tilida ijod qiladi. TAMADDUN Ular meni izlab topdilar g‘arovdan bichilgan, qadimiy va xarob kulbamdan. Ular meni izlab topdilar badbo‘y teriga yopingan holda, ularga begona tilda so‘zlardim, sharshara shovullashiday kulardim, davomi…

Fransua Sengat-Kuo (Kamerun)

Fransua Sengat-Kuo (taxallusi Franchesko Nditsuna) 1931 Duala shahrida (Kamerun) tug‘ilgan. Frantsuz tilida ijod qiladi. BIRINChI VAROQ Bir qator, tartibli tizilgan so‘zlar rangsiz, jo‘n, safosizdir, ammo gohida ular chaqmoq chaqnog‘ida yarqiragan kamalakday sochiladi, munchoq bo‘lib quvonch va qayg‘u ipiga tizilgan, shiddatli davomi…

Anri Krea (Jazoir)

Anri Krea – jazoirlik yozuvchi. 1933 yili tug‘ilgan. Frantsuz tilida ijod qiladi. «Buyuk kun» (1956) «Inqilob va she’riyat…» (1957) she’riy kitoblari, «Zilzila» dramasi (1958), «Jamol» romani (1961), «Boshog‘riq dostonlar» to‘plami (1967), «Yugurt mozori» qissasi (1968) chop etilgan. BEChORA XALQIM, KO‘NGLI davomi…


Maqolalar mundarijasi