Uvaysiy (1779-1845)

O‘zbek adabiyoti tarixida mumtoz o‘ringa ega bo‘lgan Jahon otin — Uvaysiy XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan mashhur o‘zbek shoirasidir. U Marg‘ilon shahrining Childuxtaron mahallasida, taxminan 1779 yillarda dunyoga kelgan. jahon otinning otasi to‘quvchi, ham kosib davomi…

Nodira (1792-1842)

Mohlaroyim — Nodira XIX asrning birinchi yarmida yashab, ijod etgan mashhur shoira, davlat arbobi, madaniyat va adabiyot homiysidir. Shoira 1792 yili Andijon hokimi Rahmonqulbiy oilasida tavallud topdi. Uning onasi Oyshabegim ma’rifatli ayol bo‘lgan. O‘zining oilaviy silsilasiga ko‘ra Bobur nasliga mansub davomi…

Maxmur (?-1844)

Maxmur taxallusi bilan qalam tebratgan Maxmud Mulla Shermuhammad o‘g‘li XIX asr birinchi yarmi o‘zbek mumtoz adabiyotining eng yirik namoyandalaridan biridir. U XVIII asrning oxirgi choragida Qo‘qon shahrida, ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Otasi Mulla Shermuhammad — Akmal taxallusi bilan she’rlar yozib, davomi…

Gulxaniy (XVIII-XIX asr)

O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Muhammad Sharif Gulxaniyning hayoti va ijodiy faoliyati haqida tafsiliy ma’lumotlarga ega emasmiz. XVIII asrning so‘nggi choragi va XIX asrning birinchi yarmi Qo‘qon adabiy muhitida qalam tebratib, o‘zbek badiiy nasri taraqqiyotiga jiddiy hissa qo‘shgan Gulxaniy davomi…

Munis Xorazmiy (1778-1829)

Amir Avazbiy o‘g‘li Shermuhammad, adabiy taxallusi Munis Xorazmiy XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan shoir, tarixnavis olim, tarjimon, xattot va ma’rifatparvardir. Munis o‘zbek adabiyoti, umuman madaniyati tarixida salmoqli o‘rinni egallaydi. U muarrix sifatida o‘zining davomi…

Ogahiy (1809-1874)

Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li — Ogahiy XIX asr Xorazm adabiy muhitining yirik siymolaridan biri bo‘lib, Navoiydan keyin eng “ko‘p va xo‘b” she’r aytgan shoirlardandir. Ogahiy 1809 yil 17 dekabrda Xiva atrofidagi Qiyot qishlog‘ida (Hozirgi Ogahiy nomli jamoa xo‘jaligi) dunyoga kelgan. Otasi davomi…

Berdaq (1827-1900)

Berdaq qoraqalpoq xalqining mashhur demokrat shoiridir. U XIX asrda yashab ijod etgan. Shoirning asl ismi Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li bo‘lib, Berdaq uning taxallusidir. Mutafakkir to‘g‘risida ma’lumotlar kam saqlanib qolgan. Uning tarjimai holi va ijodiga oid ma’lumotlarni, asosan, o‘zining asarlarida uchratish mumkin. davomi…

Cho‘qon Valixonov (1835-1865)

Cho‘qon Chingiz o‘g‘li Valixonovning asl ismi — Muhammad Hanaviya bo‘lib, qozoq xalqining buyuk olimi, demokrat-ma’rifatparvari, tarixchisi, etnografi, folklorshunos, sayyoh va jug‘rofidir. Cho‘qon Valixonov 1835 yilda Qozog‘istonning hozirgi Kustonoy viloyatida Ko‘chmurin degan joyda tug‘ilgan. U Abiloyxonning evarasi. Cho‘qon ilk bor Ko‘chmurindagi davomi…


Maqolalar mundarijasi