Poshshoxoja (1480-1547)

Sayyid Poshshoxoja ibn Abdulvahobxoja mutafakkirning to‘liq ismi bo‘lib, Xoja uning taxallusidir. Xoja 1480 yili Niso shahrida dunyoga kelgan. U dastlab otasi qo‘lida, so‘ngra Niso va Marv madrasalarida mufassal ta’lim olgan. Ijtimoiy faoliyatini temuriyzodalardan Niso viloyati hukmdori Kepak Mirzo hukumatida 1496 davomi…

Yusuf Qorabog‘iy (1563-1647)

Markaziy Osiyoning XVII asrdagi ijtimoiy va ilmiy tafakkurining yirik namoyandasi Ibn Muhammadjon Yusuf al-Qorabog‘iy al-Muhammad Shohiy aslida ozarbayjonlik bo‘lib, o‘zining buyuk salaflari asarlaridagi ba’zi ilg‘or an’analarni davom ettira olgan ijodkordir. Sharq manbalarida olimning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar uchraydi. Ammo davomi…

Abulg‘oziyxon (1605-1664)

Abulg‘oziyxon “Shajarayi turk” va “Shajarayi tarokima” nomli katta ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy asarlarni ijod etgan o‘zbek tarixnavis olim, uzoq vaqt Xiva xonligini boshqargan yirik davlat arbobidir. Abulg‘oziyxon adabiyotdan ham xabardor bo‘lgan. Tib ilmini yaxshi o‘rgangan bo‘lib, bu borada “Manofe’ davomi…

Turdi Farog‘iy (XVII asr)

XVII asrda yashab ijod qilgan Turdi Farog‘iy o‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan shoir va mutafakkirlardan biridir. Shoir o‘z she’rlarini ko‘p hollarda “Turdi” nomi, ba’zan esa “Farog‘iy” taxallusi bilan yozgan. “Farog‘” Jizzax hududidagi qishloqlardan birining nomi bo‘lish ehtimoli davomi…

Boborahim Mashrab (1640-1711)

Boborahim Mulla Vali (Valibobo) o‘g‘li Mashrab o‘z ijodi bilan o‘zbek adabiyotida xalqchillik, ijtimoiylik va dunyoviylikning chuqurlashuvida, jaholat va bid’atta qarshi kurash g‘oyalarining kuchayishida, she’riyat shakllarining takomillashuvi hamda badiiyatning kamolga erishuvida katta o‘rin tutgan so‘z ustalaridan biridir. Mashrab faqat otashzabon ijodkor davomi…

So‘fiy Olloyor (1644-1724)

So‘fiy Olloyor o‘zbek mumtoz adabiyotida tasavvuf adabiyoti an’analarini izchil davom ettirib, o‘ziga xos maktab yaratgan adib, shoir va mutafakkirdir. Shoir 1644 yilda Kattaqo‘rg‘on bekligiga qarashli Minglar qishlog‘ida Olloquli (Temiryor) xonadonida dunyoga kelgan. So‘fiy Olloyor dastlab Shayxlar qishlog‘idagi masjid qoshidagi maktabda, davomi…

Maxtumquli (1733-1783)

Mashhur turkman shoiri va mutafakkiri, turkman adabiyoti, madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan talant sohibi. U shoir Ozodiy Davlatmamat oilasida 1733 yilda tug‘ilib, boshlang‘ich savodni ovul maktabida oladi. So‘ng o‘z ilmini oshirish maqsadida Xiva, Buxoro va Andijon madrasalarida tahsil olib, o‘zbek davomi…


Maqolalar mundarijasi