Kamoliddin Behzod (1455-1535)

Movarounnahr va Xurosonda XV asrdagi Renessans (Uyg‘onish davri) vakillaridan biri, Navoiyning shogirdi, “Sharq Rafaeli”, ulug‘ musavvir va miniatyurasoz Kamoliddin Behzoddir. Nafaqat musulmon Sharqi xalqlari, balki butun dunyo xalqlari san’ati tarixida sezilarli iz qoldirgan, uning taraqqiyotiga o‘zining barakali hissasini qo‘shgan zabardast davomi…

Mirxond (1433-1498)

Mir Muhammad ibn Sayyid Burxonuddin Xovandshoh ibn Kamoluddin Mahmud al-Balxiy — Mirxond o‘rta asr tarix fanining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biridir. Ota-bobolari buxorolik bo‘lib, fiqh ilmida zamonasining yetuk olimlari sifatida mashhur bo‘lgan. Ulardan Mahmud ibn Ahmad al-Mahbubiy (vafoti — tax. 1300) davomi…

Xondamir (1475-1534)

Hirotlik tarixchi Xondamir (to‘la ismi G‘iyosiddin Muhammad ibn Xoja Xumomuddin ibn Xoja Jaloluddin Muhammad ibn Burhonuddin) o‘z asarlari bilan XVI asr boshlarida fan taraqqiyotiga kirib kelgan allomalardandir. Uning hayoti va ijodi haqida o‘z asarlari va zamondoshlari yozib qoldirgan oz-moz ma’lumotdan davomi…

Maxdumi A’zam (1461-1542)

Movarounnahrlik alloma, yirik diniy va siyosiy arbob, Naqshbandiya tariqatining rahnamosi va nazariyotchilaridan biri Maxdumi A’zamning to‘liq ismi — Sayyid Ahmad Xojagi ibn Sayyid Jaloliddin Kosoniy Dahbediydir. U Farg‘ona vodiysining Koson shahrida tavallud topgan. Kosoniyning otasi Qoraxoniylar (840—1212) sulolasiga mansub sultonlardan davomi…


Maqolalar mundarijasi