Abay (1845-1904)

Abay — Ibrohim Qo‘nonboyev — XIX asrning ikkinchi yarmida yashab, ijod etgan qozoq she’riyatining mash’ali, bastakor, faylasuf va qozoq yozma adabiyotini asoschisi, ma’rifatparvar shoiridir. U 1845 yilning 8 avgustida Semipalatinsk viloyatiga karashli, hozirgi Abay tumani, Chingiztog‘ bovuridagi Qashqabuloq makonida dunyoga davomi…

Muqimiy (1850-1903)

Muhammad Aminxo‘ja — Muqimiy lirik shoir va zabardast hajvchi sifatida XIX asrning so‘nggi choragi va XX asr boshlaridagi o‘zbek milliy adabiyotining eng yirik namoyandasi sifatida dong taratdi. Markaziy Osiyo, shu jumladan, O‘zbekiston chor Rossiyasining mustamlakasiga aylantirilgan sharoitda qalam tebratgan Muhammad davomi…

Furqat (1859-1909)

XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi o‘zbek xalqchil adabiyotining yirik namoyandasi, ma’rifatparvari, lirik shoiri, otashin publitsisti Zokirjon Furqat Qo‘qon shahrida, Mullo Xolmuhammad oilasida dunyoga kelgan. Bo‘lajak shoirning otasi zamonasining ilg‘or fikrli vakillaridan biri sifatida turli bilimlardan yaxshigina xabardor davomi…

Zavqiy (1853-1921)

Zavqiy — XIX asr ikkinchi yarimi va XX asrning birinchi choragida yashab ijod etgan yirik ijodkorlardan biridir. Zavqiy taxallusi bilan shuhrat qozongan Ubaydullo Qo‘qon shahrida Usta Solih maxsido‘z oilasida tug‘ildi. Yoshligidanoq Usta Solih uning tarbiyasiga jiddiy ahamiyat beradi, moddiy qiyinchiliklarga davomi…

Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919)

Mahmudxo‘ja Behbudiy XX asr bo‘sag‘asidagi Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatchiligining eng yirik namoyandasi, yangi davr o‘zbek madaniyatining asoschisidir. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, mustaqil jumhuriyat g‘oyasining yalovbardori, yangi maktab g‘oyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, o‘zbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist. davomi…

Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931)

“Munavvar” — nur olgan, nurli degani. Turkiyada hozir ham bu so‘zni ziyoli o‘rnida qo‘llaydilar. “Qori” deb Qur’onni maromiga yetkazib o‘qiydiganni aytganlar. U Toshkentning ma’rifatli bir xonadonida tug‘ilib, ismiga munosib bo‘lib o‘sdi. Hujjatlardan uning Shayxontohur daha, Darxon mahallasida tug‘ilib o‘sgani ma’lum davomi…

Abdulla Avloniy (1878-1934)

XIX asr oxiri XX asr boshidagi o‘zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri ma’rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniydir. U 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida, to‘quvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Bolaligi Mirobod mahallasining davomi…


Maqolalar mundarijasi