2018 yilda Ziyouz portalida eng ko‘p o‘qilgan kitoblar, hikoyalar, she’rlar, mualliflar

Google Analytics ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda Ziyouz portaliga tashriflar soni 5 552 961 tani (www.ziyouz.com — 4 707 615; www.ziyouz.uz — 845 346) tashkil etdi (kuniga o‘rtacha 15313 kishi). Tashrif buyurganlarning 68 foizi O‘zbekistondan. Rossiya (11%), Qozog‘iston (5%), Tojikiston (3%), Qirg‘iziston (3%), AQSh (2%), Turkiya (2%), Janubiy Koreya (1%) kabi 153 davlatdan muxlislar tashrif buyurgan.

2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Ziyouz portalida:
Maqolalar soni: 26486 ta (n.ziyouz.com — 10191, islom.ziyouz.com — 2253, davronbek.ziyouz.com — 430, ziyouz.uz — 11958, ziyouz.uz/ru — 1445, ziyouz.uz/en — 209).
Facebook sahifamiz muxlislari soni: 17346 nafar.
Youtube kanalimiz obunachilari soni: 4797 nafar (videolar soni: 402 ta, 1 765 675 marta ko‘rilgan).
Twitter’dagi o‘quvchilarimiz soni: 908 nafar.
Telegram‘dagi obunachilarimiz soni: 3120 nafar.

O‘zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona — Ziyouz.com kutubxonasida hozirda 10890 ta kitob mavjud. Ushbu ro‘yxatda 2018 yil davomida portalimiz o‘quvchilari tomonidan eng ko‘p mutolaa qilingan kitoblar 20 taligi o‘rin olgan:

Eng ko‘p o‘qilgan kitoblar:

1. Fyodor Dostoyevskiy. Jinoyat va jazo
2. Muhammad Yusuf. Saylanma
3. O‘zbekcha-turkcha va turkcha-o‘zbekcha izohli lug‘at
4. Kalila va Dimna
5. Artur Konan Doyl. Yo‘qolgan dunyo
6. Tohir Malik. Iblis devori (qissa)
7. O‘zbek tilining izohli lug‘ati (A.Madvaliyev tahriri ostida)
8. O‘zbekiston Milliy Entsiklopediyasi
9. Said Ahmad. Ufq
10. Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar
11. Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari (audiokitob)
12. Erkin Vohidov. Yaxshidir achchiq haqiqat
13. Paulo Koelo. Al-Kimyogar (audiokitob)
14. Imom al-Buxoriy. Al-jome’ as-sahih. 1-jild
15. Artur Konan Doyl. Sherlok Xolms haqida hikoyalar
16. Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar
17. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. 1-jild2-jild3-jild
18. Karim Mahmudov. Qiziqarli pazandalik
19. Alixonto‘ra Sog‘uniy. Tarixi Muhammadiy
20. O‘tkir Hoshimov. Nur borki, soya bor (roman)

* * *

O‘zbek tilidagi eng katta adabiy-ma’rifiy portal — www.ziyouz.com va www.ziyouz.uz saytlarida ayni paytda o‘zbek adabiyotidan 2907 ta, jahon adabiyotidan 1407 ta hikoya o‘rin olgan.

Ushbu ro‘yxatlar 2018 yilda portalda eng ko‘p o‘qilgan hikoyalar tahlili asosida tuzildi. Ro‘yxatning avvalida eng ko‘p mutolaa qilingan hikoya o‘rin oldi. Ayni muallifning jami 1000 o‘quvchidan kam bo‘lmagan va reytingning yuqori 100 taligidan o‘rin olgan hikoyalari ham ro‘yxatga kiritildi.

O‘zbek adabiyotidan (hikoyalar soni va eng ko‘p o‘qilganiga ko‘ra) Abdulla Qahhor asarlari, jahon adabiyotidan Artur Konan Doyl asarlari eng ko‘p mutolaa qilingan.

O‘zbek adabiyotidan eng ko‘p o‘qilgan hikoyalar:

1. Nurulloh Muhammad Raufxon. “Qiyomat”
2. Xurshid Do‘stmuhammad. “Mirkomilboyning qazo bo‘lgan namozi”
3. Abdulla Qahhor. “Anor”, “Mayiz yemagan xotin”, “Bemor”, “Dahshat”
4. Tohir Malik. “Qarg‘ish”
5. Xurshid Davron. “Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat”
6. Abduqayum Yo‘ldosh. “Puankare”, “Parim bo‘lsa…”
7. Salomat Vafo. “Ustyurt”
8. Nabi Jaloliddin. “Dayus”
9. Isajon Sulton. “Olisdagi urushning aks-sadosi”, “Tuman”
10. Said Ahmad. “Qorako‘z Majnun”, “Sarob”
11. Abdulla Qodiriy. “Jinlar bazmi”
12. Uyg‘un Ro‘ziyev. “Tavba”, “Yalpiz terayotgan qizaloq”
13. Luqmon Bo‘rixon. “Ovchi qismati”
14. Murod Muhammad Do‘st. “Dashtu dalalarda”
15. Zulfiya Qurolboy qizi. “Yomg‘irli yo‘lka”
16. O‘tkir Hoshimov. “Oq bulut, oppoq bulut”, “O‘zbek ishi”
17. Azamat Qorjovov. “Sandiqda saqlangan sir”
18. Farrux Jabborov. “Tovuq yili”
19. Nurulla Chori. “Tashvishi yo‘q odamlar”
20. Akbar Mirzo. “Qoyadagi chaqaloq”

Jahon adabiyotidan eng ko‘p o‘qilgan hikoyalar:

1. Frants Kafka. “Evrilish”, “Jazo koloniyasida”, “Qishloq ko‘chasidagi bolalar”
2. Agata Kristi. “Tilsimli shaxmat”
3. Vasil Bikov. “Sariq qum”
4. Jek London. “Hayotga muhabbat”
5. Umar Sayfiddin. “Badal”
6. Gi de Mopassan. “Do‘ndiq”, “Tun”
7. Mixail Sholoxov. “Inson taqdiri”
8. Anton Chexov. “Semiz va oriq”, “Xameleon”
9. Artur Konan Doyl. “Boskom vodiysining siri”, “Izquvarning inqirozi”, “Besh dona apelsin urug‘i”
10. Alfons Dode. “So‘nggi saboq”
11. Jan-Pol Sartr. “Devor”
12. Uilyam Folkner. “Emili uchun atirgul”
13. Rabindranat Tagor. “Nur va soyalar”
14. Redyard Kipling. “Tog‘ qizi”
15. Valentin Rasputin. “Frantsuz tili saboqlari”
16. O‘Genri. “So‘nggi yaproq”
17. Ernest Xeminguey. “Yomg‘irda qolgan mushuk”
18. Yasunari Kavabata. “Ayol tushlari”
19. Fyodor Dostoyevskiy. “Kulgili odamning tushi”
20. Chingiz Aytmatov. “Askar bola”

Samыe chitayemыe rasskazы uzbekskoy literaturы:

1. Utkir Xashimov. “Dorojnoye proisshestviye”, “Poslednыe jertvы voynы”
2. Abdulla Kaxxar. “Granat”, “Dva sapoga – para”, “Bolnaya”
3. Calomat Vafo. “Gora Butan”, “Melodiya zla”
4. Ulmas Umarbekov. “Osennyaya pogoda”, “Abdulla-kavunchi”, “Staraya oreshina”
5. Shukur Xalmirzayev. “Pastux”, “Jizn vechna”
6. Latif Maxmudov. “Million shtuk uryuka”
7. Baxtiyar Nuritdinov. “Otets i sыn”, “Potustoronnыy pokupatel”
8. Gafur Gulyam. “Vorishka”
9. Said Axmad. “Tishina”, “Juravli”, “Kolыbelnaya”
10. Ulugbek Xamdam. “Piala vodы”, “Kamen”
11. Abdukayum Yuldashev. “Puankare”
12. Isajon Sulton. “Nochnoy uragan”, “Chasha na vode”
13. Xurshid Dustmuxammad. “Kichkirik”
14. Chulpan. “Devushka-pekar”
15. Saida Zunnunova. “Odinochestvo”
16. Mirkarim Asim. “Tomiris”
17. Zulfiya Kuralboy kizi. “Jenщina”
18. Erkin Agzam. “Plemyanniki”
19. Xudayberdы Tuxtabayev. “Na vse ruki master”
20. Abdulla Kadыri. “Na ulake”, “Pir zlыx duxov”

* * *

O‘zbek she’riyatidan eng ko‘p o‘qilgan sahifalar:

Ziyouz portalida 2018 yilda she’rlar nasriy asarlarga nisbatan ancha kam o‘qilgan. Eng ko‘p o‘qilgan Alisher Navoiy sahifasiga ham yil davomida atigi 4200 marta tashrif buyurilgan. Kuchli yigirmatalikka yil davomida 400 martadan ko‘p o‘qilgan sahifalar kiritildi.

1. Alisher Navoiy (1441-1501)
2. Abdulla Oripov (1941-2016)
3. G‘afur G‘ulom (1903-1966)
4. Iqbol Mirzo (1967)
5. Erkin Vohidov (1936-2016)
6. Ahmad Yassaviy (XII asr)
7. Mashrab (1610-1711)
8. Komiy (Komiljon Otaniyozov) (1917-1975)
9. Abdulla Avloniy (1878-1934)
10. Oshiq Erkin (1937)
11. Alixonto‘ra Sog‘uniy (1885-1976)
12. Kavsar Turdiyeva (1958)
13. Nodira Afoqova (1966)
14. Gulchehra Nurullayeva (1938)
15. Farida Afro‘z (1956)
16. Anvar Obidjon (1947)
17. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530)
18. Furqat (1859-1909)
19. Haziniy (1867-1923)
20. Hamid Olimjon (1909-1944)

Jahon she’riyatidan eng ko‘p o‘qilgan sahifalar:

Raqamlar 2018 yilda ham portalimizda o‘zbek she’riyatidan ko‘ra, jahon she’riyati ko‘proq o‘qilganini ko‘rsatmoqda. Jahon she’riyatidan eng ko‘p Umar Xayyom ruboiylari mutolaa qilingan (yil davomida 6200 marta o‘qilgan). Kuchli 4 talikni forsiyzabon shoirlar egallashdi.

1. Umar Xayyom (1048-1131)
2. Jaloliddin Rumiy (1207-1273)
3. Sa’diy Sheroziy (1203-1292)
4. Mirzo Abdulqodir Bedil (1644-1721)
5. Abay (1845-1904)
6. Imodiddin Nasimiy (1370-1417)
7. Abdurahmon Jomiy (1414-1492)
8. Maxtumquli (1733-1783)
9. Abu Ali ibn Sino (980-1037)
10. Muhibbiy – Sulton Sulaymon Qonuniy (1494-1566)
11. Nizomiy Ganjaviy (1141-1209)
12. Muhammad Fuzuliy (1498-1556)
13. Sergey Yesenin (1895-1925)
14. Aleksandr Pushkin (1799-1837)
15. Ibroyim Yusupov (1929-2008)
16. Mixail Lermontov (1814-1841)
17. Abu Abdullo Rudakiy (858-941)
18. Hofiz Sheroziy (1325-1388)
19. Musa Jalil (1906-1944)
20. Rasul Hamzatov (1923-2003)

* * *

Ziyouz portalida eng ko‘p qidirilgan va o‘qilgan shaxsiyatlar:

1. Amir Temur (1336-1405)
2. Mirzo Ulug‘bek (1394-1449)
3. Abu Ali ibn Sino (980-1037)
4. Jaloliddin Manguberdi (1198-1231)
5. Jaloliddin Rumiy (1207-1273)
6. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530)
7. Abdulla Qodiriy (1894-1938)
8. Abdulla Oripov (1941-2016)
9. Erkin Vohidov (1936-2016)
10. Alisher Navoiy (1441-1501)
11. Abdulla Avloniy (1878-1934)
12. Amir Olimxon (1881-1944)
13. Chingiz Aytmatov (1928-2008)
14. Tohir Malik (1946)
15. Usmon Azim (1950)
16. Zulfiya (1915-1996)
17. Muhammad Yusuf (1954-2001)
18. O‘tkir Hoshimov (1941-2013)
19. Iqbol Mirzo (1967)
20. Ahmad Yassaviy (XII asr)