Anvar Obidjon. Kemaga tushganning joni bir (hajviya)

– Ketingga bir tepaman, achangni uyiga borib tushasan!– Sizga nima yomonlik qildim, amaki?– Og‘zingizdan sutning hidi kepturibdi-yu, mahallaning sartaroshidek sipoligingga kuyaymi.– Nima qil deysiz?– To‘palon ko‘tar. Hech bo‘lmasa, hushtak chal.– Chalardim-u, kecha tishim tushgan-da.– Unda, baqirsang-chi, momiqvachcha!– Nima deb baqiraman?– davomi…

Anvar Obidjon. Nokdaun (hajviya)

Piyonista demang meni. Bokschiman. Chertsam, shaytonlab qolasiz. Lekin, oddiy fuqarolarni nokaut qilish mashhur sportchilarning obro‘yini pastlatadi xolos. Yaratganga shukurki, meniyam hozircha obro‘yim baland.Boyqorayevni bilarsiz? Boksdan Osiyo chempioni bo‘ldi… Televizo‘rda ko‘rganman deng? Zo‘r, a? Men o‘sha zo‘ravonni bir paytlar shunaqayam savalaganmanki, davomi…

Anvar Obidjon. Davolanish (hajviya)

Atrof zimiston. Yuragim hijil…Tish-sh! Quloq soling-a, orqamdan pisib kelayotgan ajinalar shivir-shivir qilishyapti. Kaminani bo‘g‘izlamoqchimikin ular? Ana, eshityapsizmi?Yo‘q. Baqaterakning barglari shildiryapti shekilli. Shabada esib turibdi-da.Atrof zimiston. Yuragim bejo!Yo alhazar! Bunisi qanaqa maxluq endi? Hezalaklarga o‘xshab kulyapti. Tishi arrasimon bo‘lsa-ya…Uf-f, shundan qo‘rqib davomi…

Anvar Obidjon. Shubha (hajviya)

– Keyingi kunlarda menga shubha bilan qaraydigan bo‘pqoldingiz. Ko‘nglingizdagini ochiq aytavering, Ahmadxon aka.– Nimaniyam gapiray? Umuman… rasvosan!– Yo tavba!– Ha! Senda menga nisbatan hech qanday samimiylik yo‘q.– Yo tavba! Yo tavba!– Bilaman, tiling boshqa, diling boshqa. Ko‘pdan beri, sal payt davomi…

Anvar Obidjon. So‘lim xiyobonda (hajviya)

Xiyobondagi bog‘kursida yolg‘iz o‘zi o‘tiribdi. Ko‘rib turibman, anvoyi gullarga termilib bahra olayotgani yo‘q. Xayoli boshqa narsada.Sigaretni chetga otdim-da, borib uning yoniga yalpaydim. U, ko‘zlarini jovdiratib, menga bir qarab qo‘ydi. Sezdimki, g‘irt o‘shandaqalardan.To‘g‘risini aytsam, unga qarab turib, negadir achinib ketdim. Hali davomi…

Anvar Obidjon. Poygakdagilar (hajviya)

Botinkavoy bilan Tuflioy dalabog‘dagi bir uyning ostonasida uchrashib qoldilar.– Haliyam asfalni o‘yib yuribsanmi, poshnangdan akang? – deya suqlanib gap otdi Botinkavoy.– Bor-e! – nozlanib, burnini cho‘chchaytirdi Tuflioy.– A’zoyi badaningdan achigan paypoqning hiydi kelyapti. Nariroq tur.– Ho‘! Namuncha osmonlaysan? Sen amrikoni davomi…

Anvar Obidjon. Maqolasiz sarlavha (hajviya)

O‘quvchiman, lekin amalim bor – maktabimizdagi «Qalampir» devoriy gazetasining muharririman. Ushbu satirik gazetadagi serg‘alva faoliyatim davomida goh imzosiz, goh sarlavhasiz maqolalarni ko‘p uchratganman. Ba’zilar shoshqaloqliklari bois sarlavha qo‘yishni shunchaki esdan chiqarishadi, ba’zilar achitqiroq sarlavha topolmay, bu yumushni mening zimmamga yuklab davomi…


Maqolalar mundarijasi