Anvar Obidjon. Ortig‘alining o‘zginasi (hajviya)

Oshxonadagi javon yonida seyfning kalitini yo‘qotgan g‘aznachidek uymalanib yurgani sayin, Umrzoqni ter bosib, bosh og‘rig‘i battar kuchaya bordi. Oxiri peshanasiga tang‘ilgan nam sochiqdan bug‘ taratganicha kelib, o‘zini divanga tashladi. Shu zahoti eshikning qo‘ng‘irog‘i g‘alayon ko‘tardi: «Jir-r-ring!»– Kir-r-ring! –dedi Umrzoq, qo‘ng‘iroqqa davomi…

Anvar Obidjon. G‘ilay sichqon (hajviya)

«Xo‘sh, sizni nima bezovta qilyapti?» – degan odatiy savolga bemor: «Sichqon!» – deya g‘ayritabiiy javob qaytargach, Habib tabibning hayratdan kipriklari kerilib, qulog‘iga shapalog‘ini tutdi:– A, labbay?!– Xo‘jayinimni sichqon tinch qo‘ymayapti, sichqon! – tinkasi qurib, tili gapirishga ham qovushmayotgan erining o‘rniga davomi…

Anvar Obidjon. Talablarga binoan (hajviya)

– G‘at, g‘at! G‘ittir-g‘it! G‘at, g‘at! G‘ittir-g‘it!..G‘ildiragi yog‘lanmagan ko‘takaravani eslatuvchi bu surunkali nag‘ma shoir Nashvatiyning jonini hiqildoqqa keltirdi, qalamini xontaxtadagi qog‘ozga sanchgudek urib, og‘zini qo‘shni xonaga zambaraklantirdi:– Bas! Yig‘ishtir! To‘xtat! He, o‘sha o‘tmas arrangni…– Ha?! Nima gap?!Oshxona tomondan siltovli tovush davomi…

Anvar Obidjon. Eng iste’dodli o‘lik (hajviya)

Kollej tomoshoxonasi «Chap-chup chayna» firmasining xayriya tadbirida, ya’ni talabalarga bittadan tekin saqich tarqatilgan unutilmas kunda ham bu qadar kallabozor bo‘lmagandi. Ichkariga vaqtida yorib kirolmagan o‘spirinlar o‘rindiq chetidagi yo‘lkalarda bog‘langan poyadek zichlanib turishar, ko‘zga ora-sira chalinayotgan qizlar bezovtalanib g‘imirlashar, ulardan birining davomi…

Anvar Obidjon. Buzoq guvohlikka chaqirilsin! (hajviya)

Xurmo ostidagi so‘rida oydindagi oqilondek qazilanib yotgan Oymamatning halovatiga vijirloq xotini yana putur yetkazdi. «Qosh qorayib qolyapti, buzog‘imiz yaylovda tunamasin endi», degan sibizg‘asimon tovush uning qulog‘iga suvaraklar galasidek yoprilib kirib, miyasini timdaladi. Tilining uchiga to‘plangan sassiq so‘zlarni so‘lakka qo‘shib tuflagach, davomi…

Anvar Obidjon. Mishmishali (hajviya)

Hazrat Huvaydo g‘azallari qora qo‘chqorning yog‘iga ilik qo‘shib damlangan polovdan ham kuchliroq ekanini bot-bot urg‘ulab yurguvchi Abdurazzoq qori bir pistachaqdi suhbatda: «Eslik ayol hatto qadamining tovushini tashqariga eshittirmaydi», deb naql qilgandi. Zap aytgan ekan-da. Pok-pokiza xonadonga mag‘zavasel yoprilishi Yursinoyning o‘sha davomi…

Anvar Obidjon. Xususiy ko‘prikcha (hajviya)

Qatiqsotarlar mahallasini qatiqsevarlar mavzesidan ajratib turuvchi ariq ustidagi yog‘och ko‘prikcha payshanbadan jumaga o‘tar kechasi olako‘kish rangga bo‘yalib, ertalab uning bo‘sag‘asida baliqchilar g‘arovtayog‘ini eslatuvchi ingichka shlakbaum va g‘o‘la kursida baboqlanib o‘tirgan qo‘ng‘izmo‘ylov kimsa paydo bo‘ldi. Quyoshning kiprigi uzaygan kezda katta so‘mka davomi…

Anvar Obidjon. Babangida (hajviya)

Bekorchilikdan zerikkan Xurram tanishlariga qo‘ng‘iroq qilib, biridan Maman bankirning iti Vilgelm nima yeb o‘lganini, ikkinchisidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan bugungi qiymatini, uchinchisidan Pirxon tergovchining qaynanasi qaysi jinnixonada yotganini ezmalarcha surishtirib chiqqach, sigaret qoldig‘ini kuldonga do‘nqaytirib bosdi-da, divandan lohasgina turdi. Yalqovlanib davomi…


Maqolalar mundarijasi