Leapold Sedar Sengor (1906-2001)

Leopold Sedar Sengor (Léopold Sédar Senghor) – shoir, siyosiy arbob, Parijdagi Sarbonna universitetining filologiya fakultetini tugatib, afrikaliklar orasida birinchi bo‘lib, frantsuz litseylarida dars berish huquqini oladi. 1939–1940 yillarda frantsuz armiyasida xizmat qiladi. Qarshilik ko‘rsatish harakatida qatnashadi, ikki yil fashistlar kontslageri davomi…

Lamin Diakate (1928-1987)

Lamin Diakate (Lamine Diakhaté) – taniqli shoir, jamoat arbobi, jurnalist va adabiy tanqidchi. Dakar va Parij universitetlarida tahsil olgan. Parijdagi “Sorafom” radiosida va shu radioning Senegaldagi bo‘limi direktori vazifalarida xizmat qilgan. Senegalning ilk prezidenti Sengor davrida davlat maslahatchisi va axborot, davomi…

Malik Fal (1929-1978)

Malik Fal (Malick Fall) – taniqli shoir va yozuvchi. Asosan frantsuz tilida ijod qilgan. “Bo‘rtma naqshlar” she’riy to‘plami va “Jarohat” romani e’lon qilingan. Malik Falning “Qorong‘ilik”, “Sayyohlarga” she’rlarini atoqli shoirimiz Shavkat Rahmon o‘zbek tiliga o‘girgan. QORONG‘ILIK Qishloqlarim qo‘rqar qorong‘ilikdan, qorong‘ilik davomi…

Bashir Xaj Ali (Jazoir)

JAZOIR OQShOMLARI Tun sohibi mujohidlarga*. Rutubatli oqshom cho‘kkanda Gitaraning sirli torini Silash juda Maroqli, do‘stlar. Bulut tinmay ko‘zyosh to‘kkanda Tashnalikning azoblarini Eslash juda Maroqli, do‘stlar. Tongotarda shafaq qizarib, Tun zulmati chekingan palla Yashash juda Maroqli, do‘stlar. Lekin ayting, men nima davomi…

Abu Al-Qosim Sa’dulla (Jazoir)

MANGULIK Boshing uzra Shafaq yorishar, O‘rmonlar bo‘yalmish Qirmizi qonga. Osmoning qoplagan Bulutlar qochar Bosqinchi to‘dalar Kabi har yonga. Tunning tomog‘ida Shafaqning qo‘li, Dushman kekirdagin Mahkam bo‘g‘adi. Ona-Erga oftob Nuri yog‘adi. Bu nur mayin Qizlar qo‘liday. Jazoir, Yuragim, qonim, Boshing uzra davomi…


Maqolalar mundarijasi