Said Ahmad Vasliy (1870-1925)

Vasliy (taxallusi; asl ismi Sayd Axmad usta Azim o‘g‘li) (1870 — Samarqand — 1925.29.10) — o‘zbek va tojik shoiri, ma’rifatparvari. Toshkent (1883-91) va Buxorodagi (1893-1902) Ko‘kaldosh madrasalarida o‘qigan. Buxoroda (1903—09), Samarqanddagi Orifjonboy va Qusam ibn Abbos madrasalarida mudarrislik qilgan (1909—17). davomi…

Muhyi (1835-1911)

Muhyi (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Rizo Oxund o‘g‘li) (1835, Qandahor, Afg‘oniston — 1911, Andijon) — shoir. Turkiy va forsiy tillarda ijod qilgan. Hirot va Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Muhyi 19-asrning 60-yillari o‘rtalarida Andijon shahrida yashagan. Andijon hokimi — Xudoyorxonning katta davomi…

Boqixon to‘ra (XIX asr – 1888)

Boqixon to‘ra (19-asr boshlari Qo‘qon — 1888) — o‘zbek shoiri, tabib. Mumtoz she’riyatning turli janrlarida ijod qilgan. Qo‘qonlik mashhur shaxslar vafotiga bag‘ishlab qator tarixlar yozgan. Mushrifning «Ansob ussalotin va ta’vorixi xavoqin» («Sultonlar nasablari va xoqonlar ta’rixlari»), shoir va tabib Hokimiy davomi…

Vidoiy (XIX asr)

Vidoiy (?, Kattaqo‘rg‘on – ?) — o‘zbek shoiri. 19-asr Kattaqo‘rg‘on adabiy muhitiga mansub romantik uslub vakillaridan biri. Hayoti haqida ma’lumot topilmagan. Ijodida dunyoviy adabiyot an’analariga rioya qilgan, lirik she’rlar yaratgan. She’riyatida samimiy sevgi, ahdida qat’iy bo‘lishlik, sadoqat, yaxshilikni ulug‘lagan. Ma’naviy-axloqiy davomi…

Vozeh (1817-1893)

Vozeh (taxallusi; asl ismi Qori Rahmatullo Bin Ashur Muhammad) (1817/18-1893/94, Buxoro) – o‘zbek shoiri, adabiyotshunos, xattot, geograf. Buxoro madrasalaridan birida o‘qigan (1844 yilgacha). 1853—56 yillarda Karmana hokimi xizmatida bo‘ldi. Saroy muhiti bilan kelisholmay, Buxoroga qaytadi va umrining oxirigacha faqirona hayot davomi…

Mushtariy (1810/11-?)

Mushtariy (taxallusi; ismi Saodat) (1810/11, Qo‘qon — ?) — shoira. Xudoyorxon saroyida kotibalik, munshiylik qilgan. She’rlarida kishilarni yaxshilik, kamtarlik, poklik va adolatga chaqirgan. Ijodida dostonchilik va qissanavislik yetakchi o‘rinda turadi. Shoira xalq og‘zaki dostonlarining yozma she’riy namunasini yaratgan. «Malikai Dilorom» davomi…

Akmal Xo‘qandiy (XVIII asr – 1810)

Akmal Xo‘qandiy (Mulla Shermuhammad) (18-asr 1-yarmi, Farg‘ona viloyati Boytuman qishlog‘i— taxminan 1810, Qo‘qon) — o‘zbek shoiri. Maxmurning otasi. Hayoti va ijodi haqida «Tuhfat ut-tavorix» (1863, Muhammad Amin Attor), «Majmuai shoiron», «Tuhfat ul-ahbob fi-tazkirat ush-ashob» kabi asarlarda ma’lumot keltirilgan. Akmal Xo‘qandiy davomi…

Maleho Samarqandiy (1641-?)

Bade Samarqandiy (Muhammad Bade ibn Muhammad Sharif Samarqandiy) (1641, Samarqand — ?) — o‘zbek shoiri va adabiyotshunosi. «Maleho» taxallusi bilan she’riy asarlar yozgan. Uch yillik sayohat natijasida «Muzokir ul-ashob» («Suhbatdoshlar zikri», 1692) nomli tazkira yaratgan. Tazkirada 17-asrda Movarounnaxr va Eronda davomi…

Abulg‘oziy Bahodirxon (1603-1663)

Abulg‘oziy Bahodirxon (1603.23.8, Urganch – 1663.4, Xiva) – Xiva xoni (1643—1664), shayboniylar sulolasidan, tarixchi va tabib. Abulg‘oziy Bahodirxonning og‘alari Habash sulton va Elbars sulton otalari Arab Muhammadxonni yengib, uni Qum qal’asiga qamadilar. Otasining tarafdorlari bo‘lgan katta og‘asi Asfandiyor Eronga, Abulg‘oziy davomi…

Ayyub Shahrisabziy (XV-XVI asr)

Ayyub Shahrisabziy (to‘liq ismi Mir Xoja Ayyub Abulbaraka Shahrisabziy) (15-asr oxiri — Shahrisabz, 16-asr o‘rtalari) — o‘zbek shoiri, musiqa nazariyotchisi. Turkiy va forsiyda ijod qilgan. She’rlari mutoyibaga boy, rindlik ruhi bilan ajralib turadi. Navoiy («Majolis un-nafois»da), Sodiqbek Kitobdor («Majma ul-xavois»da) davomi…


Maqolalar mundarijasi