Toshxo‘ja Asiriy (1864-1915)

Xo‘jandlik. Kosib oilasida tug‘ilgan. Qo‘qonda mashhur «Hokim oyim» madrasasida o‘qigan. Muqimiy bosh bo‘lgan Qo‘qon adabiy harakatchiligi bilan yaqindan tanishgan. Xislat Toshkandiy, Ajziy Samarqandiy bilan adabiy hamkorlik qilgani, bir-birlari asarlariga naziralar yozishgani ma’lum. Asarlari o‘zbek va tojik tillarida yozilgan.Dushanbeda asarlari bosilib davomi…

Muztarib (1858-1944)

Qosimxonto‘ra Muztarib Toshkentning Qalandarxona mahallasida eshon oilasida tug‘ilgan. Otasi Sayfiddinxonto‘ra Toshkent qalandarlarining piri bo‘lgan ekan. Yusuf Saryomiy (1840—1912), Toshxo‘ja Asiriy (1864—1915), Karimbek Kamiy (1865—1922), Saidahmad Vasliy (1870—1925), Haybatullo Xislat (1880—1945) kabi shoirlar ularnikida tez-tez yig‘ilib turishgan. Sayfiddinxonto‘raning she’rga mayli baland davomi…

Kotib (1858-1933)

XIX asrning oxiri — XX asrning boshlaridagi Toshkentda ushbu taxallus bilan ikki shoir yashab, ijod etgan. Sizga ikki she’rini tahdim etayotganimiz Pirmuhammad Tursunmuhammad o‘g‘li Sebzor dahasida, Kalkovuz suvi bo‘yidagi mahallalardan birida bo‘zchi oilasida tug‘ilgan. Eski maktabdan so‘ng dastlab «Beklarbegi» madrasasida, davomi…

Gulshan (1840-1908)

Ismi-sharifi Isomuhammad Imommuhammad o‘g‘li, Toshkentning Ko‘kcha dahasidagi Saqichmon mahallasida (hozirgi Chig‘atoy ko‘chasida) tug‘ilgan. «Sharifboy» madrasasida Mirzaoxund nomli mudarrisda xatmi kutub qilgan. Toshkentning mashhur bedilxonlaridan.Qabri Chig‘atoyda. Devon tuzgan bo‘lsa-da, taqdiri noma’lum. Ayrim g‘azallari asrimizning 10-yillarida tuzilgan bayozlarda uchraydi.Shoir haqidagi ma’lumotlar Mo‘minjon-Toshqinning davomi…

Shoiq (1833-1916)

Mirahmadxon Mirabdurahim o‘g‘li. Miriy taxallusi bilan ham she’rlar yozgan. XX asr boshida tuzilgan bayozlarda har ikki taxallus bilan bosilgan she’rlarini uchratish mumkin.Toshkentning Ko‘kcha dahasida po‘stindo‘z oilasida tug‘ilgan. Buxoroda «xatmi kutub» kilib, Toshkent madrasalarida dars bergan. Muftilik, a’lamlik qilgani ham ma’lum.Devon davomi…

Vodiliy (1893-1965)

Vodiliy (taxallusi; asl ismi So‘fiyev Abdurahmon) (1893, Farg‘ona, Vodil qishlog‘i — 1965, Toshkent) — o‘zbek shoiri. Erkin fikrlilikda ayblanib quvg‘in va ta’qiblarda yashagan. Vodiliyning «Devon»i (1963), farzandlariga yozgan o‘gitlari bor. Abdurahmon Jomiyning tasavvufga oid kitobi, Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr», Alisher davomi…

Laffasiy (1880-1945)

Laffasiy (taxallusi; asl ismi Hasanmurod Muhammad Amin o‘g‘li) (1880 — Xiva — 1945) — o‘zbek shoiri, tarixchi va tazkiranavis. Madaminxon madrasasida ta’lim olgan. Laffasiy o‘zining «Xiva shoir va adabiyotshunoslarining tarjimai hollari» tazkirasida xalq orasida mashhur bo‘lgan Munis Xorazmiy, Ogahiy, Rog‘ib, davomi…

Mirzo Ho‘qandiy (1880-1943)

Mirzo Ho‘qandiy (taxallusi; asl ism-sharifi Xayrullaxon Sayd Nosir o‘g‘li Mirzo) (1880, Qo‘qon – 1943, Toshkent) — shoir va ma’rifatparvar. Qo‘qon madrasasida Sulaymonquli Rojiydan adabiyot, husnixat, muammodan saboq olgan. 1910 yilda yangi usulda maktab ochib, o‘qituvchilik qilgan. 1912 yildan mazkur maktab davomi…


Maqolalar mundarijasi