G‘afur G‘ulom. Adabiy oila (1965)

Kishilar umid bilan oila quradilar. Kelajakdan tog‘-tog‘ orzulari bo‘ladi. Yigitlar, qizlar o‘z munosib juftlarini qidiradilar. Tereshkova bilan Andriakning munosib juftligi hammaga maqbuldir. Adabiyot tarixida ham bunday sadoqatli juftlar ko‘p. Shoiramiz Saida bilan adibimiz Said Ahmadlarning hayotiy ittifoqi ham shunday ma’qul davomi…

Erkin Vohidov. Qarzdorlik (1986)

Bir yozuvchining adabiyot dargohiga kirib undan o‘z o‘rnini olishi uchun ming bir shartu sharoitning tajassumi kerak bo‘ladi. O‘sha ming birning biri adabiy muhit va bu muhitdagi odamlarning xayrixohligidir. Abdulla Qahhor biz endi adabiyotga qadam qo‘ygan davr muhitining markazida turgan shaxs davomi…

Abdulla Qahhor. Abdulla Qodiriy (1964)

O‘zbek elining sevikli adibi Abdulla Qodiriy manfaatparast, martabaparast odamlarning chaquvi bilan safimizdan yulib olingan edi. Abdulla Qodiriy, ba’zi bir odamlar aytmoqchi, «bir-ikkita risola yozgan» anchayin yozuvchi emas, balki yangi davr adabiyoti, Yevropa adabiyoti gazi bilan o‘lchaganda ham to‘laqonli asarlar yozgan, davomi…

Abdulla Qahhor. To‘ylar muborak… (1963)

To‘y abadiy hayot tantanasidir. To‘yda ikki yosh ahd-paymon qilib, bir-biriga qo‘l beradi, murod-maqsadiga yetadigina emas, o‘tgan ajdodimiz bilan kelajak avlodimizni bir-biriga bog‘laydigan oltin halqa, go‘zal va xushaxloq kishilarni yetishtiradigan tarbiya o‘chog‘i vujudga keladi. Shuning uchun to‘y nihoyatda ulug‘vor, nihoyatda go‘zal davomi…


Maqolalar mundarijasi