G‘afur G‘ulom. Talant va mahorat (1962)

Men yosh qalamkashlar haqida bir-ikki og‘iz so‘z aytishni ko‘pdan buyon o‘ylab yurgan edim. Kishi qarigan sari o‘rinbosarlar to‘g‘risida ko‘proq tashvish tortadigan bo‘lib qolar ekan. Axir, hamma kasbda bo‘lganidek, badiiy ijodda ham o‘rinbosarlar, merosxo‘rlar bo‘ladi, busiz adabiyot o‘smaydi. Men ijodkorlik zahmatini davomi…

Erkin Vohidov. Sergey Yesenin (1980)

Yoshlikda orttirilgan do‘st umrning ko‘rki, qalbning suyanchig‘i bo‘ladi. Kishi shodligini ham, dardini ham avvalo u bilan baham ko‘rgisi keladi, har gal uchrashganda bamisoli yoshlikning beg‘ubor olamiga qaytgandek bo‘ladi. Tasavvurimda Sergey Yesenin she’riyati mening shunday — yoshlik do‘stim. U bilan men davomi…

Abdulla Qahhor. Shijoat haqida (1963)

Agar yozuvchining axloq kodeksi tuziladigan bo‘lsa, men halollik bilan shijoatni birinchi modda qilib qo‘yar edim, chunki yozuvchining boshqa hamma xislatlari uning qay darajada halol, naqadar shijoatli zehniga bog‘liqdir. San’at asarida yaxshini yaxshi deb odamlarga ibrat qilish, yomonni yomon deb odamlarni davomi…

Erkin Vohidov. Sharq yulduzi (1984)

1954 yil. Sira yodimdan chiqmaydi. O‘shanda to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi edim. Mening ilk she’riy mashqlarimdan biri «MGUga» nomi bilan «Sharq yulduzi»da bosilib chiqdi. O‘sha kunlardagi quvonchimni ta’riflashga so‘z kamlik qiladi. Sinfdoshlarim, to‘garakdoshlarim oldida gerdayib yurganlarim, jurnal sotilayotgan do‘konlar oldidan ketolmay turganlarim, davomi…


Maqolalar mundarijasi