Saken Imanasov (1938-2012)

Saken Imanasov (Sәken Qұsayыnұlы Imanasov) Toldiqo‘rg‘on viloyati Olako‘l tumanida tug‘ilgan. Xalqaro “Alash” mukofotining sovrindori. Uning “Ona qishloq” (1966), “Oq-oydin” (1969), “Akdarig‘a” (1973), “Jaydarman” (1975), “Oshiq dunyo” (1976), “Davr qo‘shig‘i” (1978), “Oshiqman senga” (1981), “Oltin aymoq” (1982), “Qir-adirlar” (1985) singari she’riy davomi…

Abdulla Tojiboyev (1909-1998)

Abdulla Tojiboyev (Әbdіlda Tәjіbayev) Qizil O‘rda shahrida dunyoga kelgan. Internatda o‘qib tarbiyalangan. 1948 yilda Qozog‘iston Davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan. Shundan keyin yoshlar gazetasida Bosh muharrir o‘rinbosari, Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi boshqarmasining Raisi, kotibi, “Qozoq adabiyoti” gazetasining Bosh muharriri, M.Avezov nomidagi davomi…

Tursunoy O‘razboyeva (1948-2015)

Tursunoy O‘razboyeva (Tұrsыnay Orazbayqыzы Orazbayeva) Chimkent viloyatining Sayram tumanida tavallud topgan. Qozog‘iston Davlat universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. 1980 yildan boshlab Qozog‘iston radiosining adabiy-dramatik Bosh tahririyatida faoliyat ko‘rsatdi. T.O‘razboyeva aytishuv oqini sifatida ham tanilib, viloyat va Respublika miqyosidagi bir qancha nufuzli davomi…

Qosim Omonjo‘lov (1911-1955)

Oqin Qosim Omonjo‘lov (Qasыm Amanjolov) Qarag‘anda viloyatining Qarqarali tumanida dunyoga keldi. Shoirning “Abdulla”, “Oqinning o‘limi” nomli epik dostonlari xalqorasida shuhrat qozonib, she’riyat maydoniga o‘ziga xos ovozli, yorqin iste’dod kirib kelganini isbotladi. Qosimning nomi qozoq she’riyatini yangi nazmiy ohanglar, shakllar bilan boyitib, davomi…

Xonbibi Yesenqorayeva (1949)

Xonbibi Yesenqorayeva (Xanbibі Yesenqaraqыzы) Janubiy Qozog‘iston viloyati Sariog‘och tumanida tug‘ilgan. 1972 yilda Chimkent Davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tamomlagan. U “Qozog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoniga ega. Xonbibining “Ilkto‘plam”, “Yulduz”, “Muhabbatim mangu”, “Haqiqat tomon suzdim men”, “Qo‘shiqlarim – davomi…

Qanipa Bug‘ibayeva (1942-2004)

Qanipa Bug‘ibayeva (Qanipa Әbdіraxmanqыzы Bұg‘ыbayeva) Toldiqo‘rg‘on viloyati, Oqsuv tumanida tug‘ilgan. 1983 yili Qozog‘iston Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Bir qancha she’rlari qozoq shoirlarining rus tilida chop etilgan “Chudesnm sad” to‘plamida e’lon qilingan. “Alash” nomidagi Xalqaro adabiy mukofot sovrindori. Uning “To‘ng‘ich davomi…

Aqushtap Baqtigereeva (1944)

Aqushtap Baqtigereeva (Aqұshtap Baqtыgereeva) O‘rol viloyatidagi Oqyoyiq tumanida tavallud topgan. 1961 — 1966 yillarda Qozog‘iston Davlat Qizlar Pedagogika institutining filologiya fakultetini tamomlagan. Viloyat va Respublika miqyosida o‘tkazilgan oqinlar aytishuvida bir necha marta g‘olib chiqqan. She’rlari Moskvadagi “Detskaya literatura” nashriyotida chop davomi…

Ilyos Jonsug‘urov (1894-1938)

Ilyos Jonsug‘urov (Іliyas Jansүgіrov) Toldiqo‘rg‘on viloyatining Oqsuv tumanida dunyoga kelgan. Uning ijodi qozoq adabiyotida ko‘p qirraliligi, badiiy baquvvatligi bilan e’tiborni tortadi. Ayniqsa, shoirning dostonlari qozoq she’riyatida katta o‘rin egallaydi. Ular ko‘pdan beri adabiyotshunoslar va o‘quvchilar diqqatini jalb qilib keladi. Shoir davomi…

Ulug‘bek Yesdavlat (1954)

Ulug‘bek Yesdavlat (Ұlыqbek Orazbayұlы Yesdәulet) Sharqiy Qozog‘iston viloyatining Zaysan tumanidagi Ulkan Qoratol qishlog‘ida tug‘ilgan. 1977 yilda Qozog‘iston Davlat universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. Qozog‘iston Yozuvchilar ittifoqi raisi. 1974 yilda yosh shoirlarning she’rlaridan tuzilgan “Qanot chiqdi” to‘plamida ilk she’rlari e’lon qilindi. Xalqaro davomi…

Saken Seyfullin (1894-1938)

Saken Seyfullin (Sәken Seyfullin) 1894 yil 15 oktyabrda Jezqazg‘an viloyatining Oqadir tumanidagi “Qarashilik qishlog‘ida tug‘ilgan. U qozoq adabiyotining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan shoir. Uning “Ko‘kchatov”, “Qizil ot” dostonlari va she’rlari qozoq she’riyatining 30-yillardagi eng yaxshi asarlaridan hisoblanadi. “Baxt yo‘lida”, “Qizil davomi…


Maqolalar mundarijasi