Muratxan Shokan (1974)

Muratxan Shokan (Mұratxan Shoqan) 1974 yili Tarbag‘atay viloya­tining To‘la tumani Aqbelli qishlog‘ida tug‘ilgan. Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, shoir, faylasuf. Olma-otadagi Yoshlar siyosatini rivojlantirish fondining “Adabiyot olami” markazi rahbari. “Yigirmaning yolqini”, “Bahor uchun meni sev”, “Yurakka yukinib”, “Pokiza oqshomlar”, “Oqshom lirikasi” davomi…

G‘alim Jayliboy (1958)

G‘alim Jayliboy (G‘alыm Jaylыbay) 1958 yil Qaraganda viloyati, Jangaorqa tumanida tug‘ilgan. Qozog‘iston Menejment, iqtisodiyot va rejalashtirish institutini tamomlab, mamlakat Tashqi ishlar vazirligining turli nashrlarida muharrir, Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasida rais o‘rinbosari bo‘lib ishladi. She’rlari dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. QOP ORQALAB davomi…

Iran G‘ayib (1947)

Iran G‘ayib – Iranbek Abitay o‘g‘li O‘razbayev (Iran-G‘ayыp Әbіtayulы) 1947 yil Qizilo‘rda viloyati Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. Shoir, dostonnavis. Politexnika institutining Tog‘-kon fakultetini tamomlagan, Moskvadagi Oliy adabiyot kurslarida o‘qigan. «Qo‘rqitning qabri» kitobi uchun Qozog‘iston Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. SAKKIZLIKLAR Attang-ay! Barin davomi…

Temirxon Madadbek (1945)

Temirxon Madadbek (Temіrxan Medetbek) 1945 yil Janubiy Qozog‘istonning Turkiston tumanida tug‘ilgan. Shoir, tarjimon, noshir, muharrir. «Julduz» adabiy jurnalining bosh muharriri bo‘lgan. Ko‘plab she’riy to‘plamlar, tanqidiy asarlar, tadqiqotlar muallifi. Qozog‘iston Davlat mukofoti laureati (2000). TURKISTON BOZORI Kun chiqmasdan yangratadi soz, o‘yin, davomi…

Anor Shamshadinova (1974)

Anor Shamshadinova (Anar Shamshadinova) 1974 yil Mang‘istau viloyatining Beyneu tumanida tug‘ilgan. 1997 yili al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. “Ilhom-2003” (“Shabыt-2003”) xalqaro festivalida 3-o‘rinni egallagan. * * * Joning, Orzulanib turgan, Taning Bo‘sh qolmagan she’rdan. Zoting Yaxshilikka yot davomi…

Baurjon Qarag‘izo‘g‘li (1982)

Baurjon Qarag‘izo‘g‘li (Bauыrjan Qarag‘ыzұlы) 1982 yil 17 oktyabrda tug‘ilgan. YuNESKOning xalqaro “Ilhom” yoshlar festivalining laureati va Gran-pri sohibi. Seydulla Boyterekov nomidagi mukofot sohibi, Qozog‘iston Musulmonlari idorasining diniy she’rlar musobaqasining ikki marta g‘olibi. «Jұmbaqtasqa jaug‘an kүz», «Өң.Men.Tүs.» she’riy kitoblari muallifi. TUPROQ davomi…

Sayat Qamchigar (1978)

Sayat Qamchigar (Sayat Qamshыger) 1978 yil 1 mayda Qozog‘istonning Semey viloyati, Shar tumanida tug‘ilgan. Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universitetini tamomlagan (1999). Almati shahrida yashaydi. Qozog‘iston yozuvchilar uyushmasining a’zosi. “Serper” yoshlar mukofoti laureati. “Sariq gul” («Sarы gүl»), “Yurakdagi oqishlar” («Jүrektegі davomi…

Aygerim Taji (1981)

Aygerim Taji 1981 yilda Qozog‘istonning Aktyuba viloyatida tug‘ilgan. Moskvada bo‘lib o‘tgan “Pillapoya” konkursi g‘olibi. She’rlari ingliz, frantsuz, arman tillariga tarjima qilingan. Bir qancha xalqaro festivallar ishtirokchisi. * * * mening yuragim taxir tordir juda ko‘krak qafasim shahar yo‘llaridan yurib boryapman davomi…

Turmag‘ambet Iztileuli (1882-1939)

Turmag‘ambet Iztileuli (Tұrmag‘ambet Іztіleuұlы) Qozog‘istonning Qizil O‘rda viloyatida 1882 yili tavallud topgan. Mahalliy oqinlar sabog‘ini olib, savod chiqargan. Buxorodagi «Ko‘kaldosh» madrasasida fors, arab, turkiy tillarni puxta o‘rgangan. «Shohnoma»ning ma’lum qismini qozoqchaga tarjima qilgan. 1939 yilda qatag‘onga uchragan. Sirdaryo bo‘yidagi Qizilo‘rda davomi…

Abdurahmon Asilbekov (1938)

Abdurahmon Asilbekov (Abdraxman Asыlbek ) 1938 yil 1 mayda Jambul viloyatining Talas ovulida tug‘ilgan. Qozog‘iston pedagogika institutining tarix va filologiya fakultetini tamomlagan. Viloyat gazetasida, Respublika radiosida, Qozog‘iston Ministrlar Sovetining kitob savdosi ishlari qo‘mitasida xizmat qilgan. Ilk kitobi 1955 yili «Tinchlik davomi…


Maqolalar mundarijasi