Muxtor Shoxonov (1942)

Muxtor Shoxonov (Mұxtar Shaxanov) Chimkent viloyati, Lenger tumani Qashqasuv qishlog‘ida tavallud topgan. Yetti yillik maktabni tamomlagach, “Yulduz” kolxozida traktorchiga yordamchi, keyin viloyat gazetasida adabiy xodim, Qozog‘iston radiosida katta muharrir, Bosh muharrir bo‘lib ishladi. Chimkent Davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Keyinchalik davomi…

Muzaffar Alimboyev (1923-2007)

Muzaffar Alimboyev (Mұzafar Әlіmbayev) Pavlodar viloyatining Sharbaqti tumanidagi Maraldi ovulida tug‘ilgan. Qozog‘iston Davlat universitetini bitirgan. Iste’dodli shoir o‘z mavzusi, chuqur tafakkuri, o‘ziga xos ohanglari bilan qozoq she’riyatini boyitdi. “Qozog‘iston xalq shoiri” faxriy unvonining sohibi. U xalqchil she’riyati, didaktika va hajvga davomi…

Sirboy Mavlenov (1922-1993)

Sirboy Mavlenov (Sыrbay Mәulenov) 1922 yil 17 sentyabrda To‘rg‘ay viloyati Jongeldin tumanida tavallud topgan. Avval o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloqda, so‘ngroq Qizil O‘rda shahrida o‘qigan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Shoirning dastlabki she’rlari 1937 — 1938 yillarda e’lon qilina boshlagan. Ilk to‘plami davomi…

Jambul Jabayev (1846-1945)

Xalqning sevimli shoiri, mohir so‘z ustasi, ulug‘ oqin Jambul (Jambыl Jabayұlы) Avliyoota viloyatidagi Qoratov etaklarida dunyoga kelgan. U xalq og‘zaki ijodiyoti namunalarini bolaligidan sevib o‘rgandi va qozoq xalqi orasida aytishuv san’atining yetakchisi sifatida shuhrat qozondi. Shoirning ijodi munosib taqdirlandi. U davomi…

Mahambet O‘temis o‘g‘li (1804-1846)

Mahambet O‘temis o‘g‘li (Maxambet Өtemіsұlы) Ichki Bo‘key o‘rdasi, Beketay aymog‘i (hozirgi O‘rol viloyati, Joybek tumani)da tug‘ilgan. 1824-1829 yillarda Orenburgda o‘qigan. Yoshligidan she’r yoza boshlagan Mahambet mahalliy amaldorlarning kirdikorlarini fosh qiluvchi asarlari uchun 1829-1831 yillarda qamoqda o‘tiradi. Qamoqdan chiqqandan keyin 1836-1837 davomi…

Fariza O‘ng‘arsinova (1939-2014)

Fariza O‘ng‘arsinova (Fariza Oңg‘arsыnova; adabiy taxallusi – Sanduvoch) Gurev viloyatining Novobogat tumaniga qarashli Manash qishlog‘ida tug‘ilgan. Gurev Davlat Pedagogika institutining til va adabiyot fakultetini bitirgan. Ilk she’rlari respublika gazeta-jurnallarida bosilgan. F. O‘ng‘arsinovaning xizmatlari qator orden-nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Respublikada davomi…

Kulash Ahmetova (1946)

Kulash Ahmetova (Kүlәsh Dіldәqыzы Axmetova) Qirg‘izistonning Kirovka qishlog‘ida tug‘ilgan. 1968 — 1973 yillarda Qozog‘iston Davlat universitetida o‘qigan. “Jalыn” nashriyotida she’riyat bo‘limi mudiri bo‘lib ishladi. She’rlari qator qardosh xalqlar tillariga tarjima qilingan. Anna Axmatova, Aleksandr Mejirov, Salomeya Neris, Nazrul Islom, Eduardas davomi…

Sobit Muqonov (1900-1973)

Muqonov Sobit Muqonovich (Sәbit Mұqanұlы Mұqanov) (1900.13.4, hozirgi Shimoliy Qozog‘iston viloyati Jambul tumani — 1973.18.4, Olmaota) — qozoq yozuvchisi va jamoat arbobi. Qozog‘iston Fanlar akademiyasi akademigi (1954). Fuqarolar urushi qatnashchisi (1918—20). 1930-35 yillarda Moskvadagi Qizil professura institutida o‘qigan. Qozog‘iston Yozuvchilar davomi…

Abay Qo‘nonboyev (1845-1904)

Qozoq klassik adabiyotining asoschilaridan biri, buyuk shoir va ma’rifatparvar Abay (Ibrohim) Qo‘nonboyev (Abay Qұnanbayұlы) Qozog‘istonning Semipalatinsk uyezdiga qarashln Chingiztov rayonida chorvador oilasida tug‘ildi. Yoshlik chog‘larida madrasada o‘qidi. Keyinchalik rus maktabiga qatnab, rus tili va adabiyotini o‘rgandi. Abay, bir tomondan, Sharq davomi…

Juban Mo‘ldag‘aliyev (1920-1988)

Juban Mo‘ldag‘aliyev (Jұban Moldag‘aliyev) O‘rol viloyatining Taynaq tumanidagi “Jilandi” manzilida tug‘ilgan. 1940 yilda O‘rol Qishloq xo‘jaligi texnikumini bitirgan. Ikkinni jahon urushi qatnashchisi. Juban Mo‘ldag‘aliyev “Esir ayol taqdiri”, “Men — qozoqman”, “Kishan ochgan”, “Sel”, “Boyqo‘ng‘ir bosh barmoqlari” va boshqa o‘nlab she’riy davomi…


Maqolalar mundarijasi