Vilo Kayava (1909-1998)

Vilo Kayavaning (Viljo Kajava) ijodiy yo‘li murakkab bosqichlardan iborat. Uning dastlabki “Quruvchilar” (1935), “Burilish yillari” (1937), “Xayr, sayyoh qush” (1938) kabi she’riy to‘plamlarini tashkil etgan she’rlar asosan grajdanlik ruhi bilan sug‘orilgan. V.Kayava ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy jurnalist sifatida faoliyat davomi…

Abulqosim O‘tepbergenov (1951)

Abulqosim O‘tepbergenov 1951 yilda tug‘ilgan. Nukus davlat pedagogika institutining tabiiy fanlar fakultetini bitirgan. Ijodkorning “Tomchilar”, “Buloqlar”, “Dunyo bir aziz joydir”, “Agar ko‘nglimni xush etsa”, “Kunchiqish maqomlari”, “Kimga kengdir, kimga tordir bu dunyo”, “Xalqdan donoman deb o‘ylama” kabi kitoblari chop etilgan. davomi…

Abulqosim ash-Shabbiy (1909-1934)

Abulqosim ash-Shabbiy (أبو القاسم الشابي) – zamonaviy Tunis she’riyati asoschisi. Arab tilida ijod qilgan. QISMAT ShUDIR — KELMOQ VA KETMOQ… Qismat shudir — kelmoq va ketmoq, Turlichadir libosi albat, Goho qaro, gohi yarqiroq, Goho isyon, goho sukunat, Goh qo‘shiqdir, gohida davomi…

Saloh Abdus-Sobir (1931-1981)

Saloh Abdus-Sobir (صلاح عبد الصبور) 1931 yili Misrda tug‘ilgan. Shoir, tanqidchi, dramaturg “KEChIRING, DO‘STLARIM…” Kechiringlar, do‘stlar, bu yilda daraxtlar ham – mevasiz, abgor, dasturxonim bo‘m-bo‘sh, huvillar, sizlarni kutishga emasman tayyor, omborlar ham bo‘shdir, na qilay, ayondir bu bolalarga ham. Xasismasman, davomi…

Muhammad Hofiz Ibrohim (1871-1932)

Muhammad Hofiz Ibrohim (محمد حافظ بن إبراهيم) – misrlik shoir, “Nil shoiri” nomi bilan mashhur bo‘lgan. ShE’RIYaT She’r –bunyod bo‘lgansan orzu-armondan — Yozgan ahli donish, hisga bo‘lib g‘arq. G‘ofil el uyquga cho‘mib yotganda, G‘azal bitdi oqshom bir farzandi Sharq. She’riyat, davomi…

Abdulvahhob al-Bayotiy (1926-1999)

Abdulvahhob al-Bayotiy (عبد الوهاب البياتي) (19 dekabr, 1926 – 3 avgust, 1999) – iroqlik shoir. Arab she’riyatidagi modernistlardan biri. Ilk kitobi “Farishtalar va shaytonlar” nomi bilan 1950 yili chop etilgan. NOZIM HIKMAT XOTIRASIGA 1. Tun zulmati ichra to‘lqin-qiz Quyuq, qora davomi…

Faruq Juvayda (1946)

Faruq Juvayda (فاروق جويدة) – misrlik shoir va jurnalist. * * * Bir tuni… Marhumlar eslanganiday, Nega kirib kelding mening yodimga? Kelinlik libosing kiygan o‘shal dam Dafn etgandim axir seni qalbimga. Uyalib, qizarib turaverding sen, Qalb tamom unutib hijron sasini. davomi…

Abdurahmon al-Abnudiy (1938-2015)

Abdurahmon al-Abnudiy (عبد الرحمن الأبنودى‎) (1938 – 21 aprel 2015) – mashhur Misr shoiri, bolalar yozuvchisi. O‘G‘LIMGA Bu dunyoda odamlarning Eng yaxshi ko‘rgan ishi – O‘zi ekkan daraxtlarning Soya solib turishi! O‘zing ekkan anjirlardan, Yo tiklagan binodan Qanday yaxshi – davomi…

Muhammad Afifiy Matar (1935-2010)

Muhammad Afifiy Matar (محمد عفيفي مطر; 1935 – 28 iyun 2010) – misr shoiri. Ayn Shams universitetining falsafa fakultetini tamomlagan. 10 dan ortiq kitoblari chop etilgan. * * * Orzular toychog‘i o‘tlar o‘tloqda – Sevgilim ko‘ylagin hidi kelmoqda. Atrofda uyum davomi…

Amal Dunqul (1940-1983)

Amal Abulqosim Dunqul (أمل ابو القاسم دنقل‎; 1940–1983) – misr shoiri. Misr adabiyotidagi modernistlardan biri. HAMDU SANO Shamol ma’budasiga Hamdu sanolar bo‘lsin! Jasoratiga olqish, Rag‘bat-duolar bo‘lsin! Hamma “Ha” degan paytda U-chi, jasorat bilan, Qarshi chiqdi, “Yo‘q!” dedi, Inkor qildi qat’iyan. davomi…