Hamid Xerischi (1961)

Hamid Xerischi (Həmid Herisçi) 1961 yilda tug‘ilgan. Boku Davlat dorilfununining filologiya fakultetini tamomlagan. “Nekrolog” postmodern romani va turkum she’rlari bilan tanilgan. SPACE TV muharriri bo‘lib ishlaydi. Yangi adabiy oqim yetakchilaridan biri. 1995 YIL. ZINDON. TUN. TERGOVChI MENI SO‘ROQ QILADI. UMIDIM davomi…

Rasim Garaja (1960)

Rasim Garaja (Rasim Qaraca) 1960 yili tug‘ilgan. Boku Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Yangi adabiy harakat namoyandasi. Uning “O‘limga baxshida quyosh” nomli she’riy to‘plami e’lon qilingan. BUYuMLAR Bosh chanoq Yuk mashinasin chiroqlari nurida Ko‘zga tashlanadi qabr toshlari. Gulxandan ko‘tariluvchi tutunga davomi…

Adolat Askaro‘g‘li (1957-2013)

Adolat Askaro‘g‘li (Ədalət Əsgəroğlu) 1957 yilda tug‘ilgan. Hozirgi zamon ozarbayjon she’riyatining iste’dodli vakillaridan biri. Olti kitobi chop etilgan. “Ertasini yo‘qotmagan odamlar” (2003) kitobi adabiy tanqidchilik e’tiborini tortdi va mukofotga sazovor bo‘ldi. * * * Biz keksayib qoldik, ilohim, juda keksaydik!.. davomi…

Odil Mirsayid (1956)

Odil Mirsayid (Adil Mirseyid oğlu Baxışov) 1956 yilda tug‘ilgan. Shoir va rassom, Ozarbayjon modern she’riyatining taniqli namoyandalaridan biri. “Ko‘zgudagi odam”, “Bulut odam”, “Qo‘shiq odam” she’riy kitoblarining muallifidir. * * * Bir kecha uyg‘ondim tun, yomg‘ir chak-chak, Bilmadim qaydaman, kimman, nimaman? davomi…

Ondra Lisogorskiy (1905-1989)

Ondra Lisogorskiy (Óndra Łysohorsky, asl ismi Ervin Goy, chexcha Ervín Goj) – yozuvchi, shoir, adabiyot tarjimon, filolog, lyash tili asoschisi. yemis baronlariga qarshi mustaqillik uchun kurashgan lyash milliy qahramoni Ondrasha hamda lyash isyonkorlari maskani Lisaya gora nomlaridan o‘ziga taxallus yasagan. davomi…

Ovidiy (m.a. 43 – m.18)

Ovidiy, (Publiy Ovidiy Nazon) (miloddan avvvalgi 43 — milodning taxminan 18 yili) — Rim shoiri. Ijodini ishqiy she’rlar bilan boshlagan («Ishqiy elegiyalar», milodiy 1—2-yillardan oldin). «Sevgi san’ati», «Sevgi davosi» dostonlari (ikkalasi ham taxminan miloddan avvvalgi 20—mil. 1-yil) didaktik ruhda, ularda davomi…

Katull (m.a. 87-54)

Kay Valeriy Katull (miloddan avvalgi 87–55 yillar) – Rim va jahon lirik she’riyatining mashhur namoyandasi. Verona shahri atrofida tug‘ilgan. Rimda vafot etgan. LESBIYaGA Yashaymiz, sevamiz, mening rafiqam! G‘azablangan chollar vaysasin, mayli, Biz uni olmaymiz sariq chaqaga! Ko‘kda quyosh botar, yana davomi…