Oktavio Pas (1914-1998)

Oktavio Pas (Oktavio Paz) (1914.31.3 — Mexiko — 1998) — meksikalik shoir. Birinchi she’riy to‘plami «No pasaran» 1936—39 y.larda Ispaniyada bo‘lgan fuqarolar urushiga bag‘ishlangan. «Inson ildizi» (1937), «Sening ravshan soyang ostida» (1937), «Dunyo chekkasida» (1942), «Madhiya mag‘zi» (1954), «Quyoshning toshi» davomi…

Bertolt Brext (1898-1956)

Bertolt Brext (Bertolt Brecht) (1898.10.2, Augsburg — 1956.14.8, Berlin) — nemis shoiri va yozuvchisi, rejissyor. 1933—47 y.larda muhojirlikda. «Berliner ansambl» teatriga asos solgan (1949). Falsafiy-satirik pesalari zamonaviy, tarixiy va mifologik mavzularda yozilgan. «Uch pullik opera» (1928 y.da sahnalashtirilgan, 1931 y.da davomi…

Iosif Brodskiy (1940-1996)

Brodskiy Iosif Aleksandrovich (1940.24.5, Leningrad — 1996)— rus shoiri. Ijodiy faoliyati 60-yillarda boshlangan. 1962—64 yillarda turli ayblar bilan qamalgan va surgun qilingan. Ammo A. Axmatova, S. Marshak, D. Shostakovich singari mashhur kishilarning sa’y-harakati bilan 1965 yil surgundan ozod etilgan. Siyosiy davomi…

Nozim Hikmat (1901-1963)

Nozim Hikmat (Nâzım Hikmet Ran) Turkiyaning Selanik vohasida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta’limni Go‘ztepa Toshmaktabi, Galatasaroy litseyi va Nishontoshi Namuna maktablarida olgan. Bahriya maktabida besh yil o‘qigach, sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli ketishga majbur bo‘lgan. Ma’lum muddat Batumda qolgandan so‘ng Rossiyaga o‘tib, Moskva Sharq davomi…

Jamol Surayyo (1931-1990)

Shoir va yozuvchi Jamol Surayyo (Cemal Süreya) 1931 yilda Erzinjonda tug‘ilgan. 1990 yilda Istanbulda vafot etgan. Rasmiy hujjatlardagi ism-sharifi Jaloliddin Sabar, biroq asarlarida bu ism-sharifini ishlatmagan. Haydar posho litseyi (1950), Anqara universiteti Moliya fakultetini bitirgan (1954). Moliya Vazirligida nazoratchi bo‘lib davomi…

Voqif Samado‘g‘li (1939-2015)

Ozarboyjon xalq shoiri Voqif Samad o‘g‘li (Vaqif Səmədoğlu) 1939 yilda Boku shahrida tug‘ilgan. Taniqli Ozarboyjon shoiri Samad Vurg‘unning o‘g‘li. Moskva konservatoriyasida tahsil olgan. 1961— 1971 yillarda Ozarboyjon davlat konservatoriyasida fortapiano fanidan dars bergan, so‘ng Ozarboyjon Entsiklopediyasida bo‘lim mudiri, “Ozarboyjonfilm” kinostudiyasida davomi…

Rustam Behrudiy (1957)

Almammadov Rustam Hidoyat o‘g‘li (Rüstəm Behrudi) 1957 yilda O‘rdubod tumanining Behrud qishlog‘ida tug‘ilgan. 1979 yilda Naxchivon davlat pedagogika institutining tarix-adabiyot fakultetini tamomlagan. Oldin maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, keyin “Yozuvchi” nashriyotida kichik muharrir, muharrir bo‘lgan, 1990 yildan “Ozarboyjon” gazetasida bo‘lim mudiri. davomi…

Ramiz Ravshan (1946)

Ravshan Ramiz Mammadali o‘g‘li (Ramiz Rövşən) 1946 yil 15 dekabrda Boku shahrida tug‘ilgan. 1969 yilda Ozarboyjon Davlat universitetini, 1978 yilda Moskva Oliy stsenariy kurslarini tamomladi. “Ozarboyjonfilm” kinostudiyasida, “Mo‘zalan” satirik kinojurnalida muharrir, kinostudiya Bosh muharriri bo‘lib ishlagan. 1992 yildan Ozarboyjon Tarjima davomi…

Marina Svetayeva (1892-1941)

Rus she’riyatida betakror ovozga ega bo‘lgan shoira Marina Svetayeva 1892 yili Moskva shahrida tavallud topdi. Uning otasi adabiyotshunos olim Ivan Vladimirovich Svetayev Moskva universitetida dars bergan va Pushkin nomidagi San’at muzeyiga asos solgan edi. Onasi iste’dodli musiqachi bo‘lib, Rubinshteyn qo‘lida davomi…