Xadzime Sato

HAYoT YO‘LI Tik ketgan uzun yo‘lak, Chiroqlar bedor. Ko‘rimsiz eshiklar tizilmish qator. Yigirma ikkinchi kameradir bu, O‘g‘rining ko‘nglidek eshigi qora. Men bunga tashlangan bir jinoyatkor. Bir sotqin sudyaning hatto hukmi bor! Ajalim eshikda, Kutib turadi. Ertalab jallodim olib kiradi. U davomi…

Masaki Imamura

SAFNI TUTING, KIShILAR! Kurash chog‘i keldi bugun, Safni tuting, kishilar! Bu balodan xalos etur – Yurtni metin kishilar! Bitsin Kisi hukumati! Bitsin barcha sotqinlar! Kecha yurtni qirg‘in etgan, Bugun uni xarid qilar! Olg‘a bosing, yor-birodar, Olg‘a yuring, o‘rtoqlar. Vatanini jondan davomi…

Xirosi Nuyama

Xirosi Nuyama (taxallusi Ryudzi Nisidzava) 1903 yili tug‘ilgan. Yapon shoiri va yozuvchisi. QOR YoNADI LOVULLAB… Derazada o‘tiraman Asta egib bosh. Derazada dam oladi Sovqotgan quyosh. Sovuq nurin oynasiga Sochib, uyalib. Men turaman chap yelkam-la Unga suyalib… Derazaning chap yonidan Qilsam davomi…

Sirodzi Sato

IJOD Ijodda husnixat Ko‘p ham zarurmas… Mayli, u chaplashgan, Mayli,jimjima, Mayli, u xunukdir, Tik, adl turmas, Yo o‘ngga, yo chapga Qiyshaysa nima! Mayli, u o‘qishga Qiyin bo‘lsa ham. Mag‘zida haqiqat qoni yursa, bas! Nomusu insofdan nido bersa, bas! Bundayin dastxatlar davomi…

Sigedzi Suboi

Sigedzi Suboi – yapon shoiri. 1898 yili tug‘ilgan. QO‘ShIQ Qayoqqa boqmagin — hammayoq devor, Qayoqqa boqmagin — miltiq o‘qtalgan. O‘rtada bir mudhish sukut hukmdor, O‘rtada bir quloch masofa qolgan. Yaqinlab… yaqinlab kelmoqda ana, Ana u o‘q uzdi… Va lekin qo‘shiq davomi…

Sumako Fukuda

QOR Qor yog‘adi sekin,, osuda, Qor to‘sadi kunning ko‘zini. Oq bint kabi o‘raydi asta Qora yerning ma’sum yuzini… Qip-yalang‘och butoqlarda qor, Simyog‘ochu, o‘tloqlarda qor, Tom boshida — hamma yoqda qor! Kasalxona sahnida sakrab, Hurkib yurgan chumchuqlar ketdi. Tashqarida qor yog‘ar davomi…

Mititaka Yamada

TONG MANZARASI Oltin qo‘ng‘iz ivirlab, Nozik qadam bosadi. Nozli shamol shivirlab Chorrahada esadi. Har o‘tkinchi bariga, Yenglariga ilashib… Vaqt o‘tmoqda talashib… Yangrab Shubert maqomi Tong qo‘yniga oqadi. Go‘yo tuman chulg‘agan Olisni uyg‘otadi. Go‘yo tongning yuziga Kuydan shu’la purkaydi. Go‘yo ufq davomi…

Kametaro Tanaka

HAQIQIY KO‘RINISh Vayrona yonida turaman yolg‘iz. Issiq yoz. Shuquhli ko‘kalam har yon. Oppoq oy nurida qarshimda shu kez Bir ajib manzara bo‘lur namoyon: Quturgan zo‘r portlash qirg‘og‘u to‘g‘on Ikkisin bir yo‘la ko‘kka otadi. Binolar yo‘qolar benomu nishon, Tepayu o‘tloqlar suvga davomi…

Miyao Oxara

“ATOM BOMBASINING GULI” Suv sapchib qirg‘oqqa Yassi qumloqda Ko‘pikdan qoldirdi bir gul chambarak. Ana shu ko‘pik gul tovlangan choqda Qinidan chiqqudek bo‘ldi bu yurak, Eh, qanday yonadi gulxanday lov-lov, Ko‘zingni oladi boqqaning zamon! Esimga tushirdi ko‘z yoshim darrov Baxtimga o‘t davomi…

Kisiro Tanaka

TEPALIK Ninosima — yam-yashil orol, Hu, tepalik. Unga nazar sol, Unga dafn etilgan qizim… Uning ismi benomu nishon O‘chib ketgan minglar qatori… Oh, alamdan o‘rtanadi jon… Xirosima — shum atom shahri! QUYoSh BOTIShI Eshitolmam aytgan so‘zingni, Ko‘rolmayman sening o‘zingni… Maktabingning davomi…


Maqolalar mundarijasi