Kamoliddin Kamu (1901-1948)

Kamoliddin Kamu (Kemalettin Kâmi Kamu) (1901 yili Bayburtda tug‘ilgan, 1948 yili Anqarada vafot etgan) – “G‘urbat shoiri” deya tanilgan turk shoiri va siyosatchisi. She’rlari maktab darsliklariga kiritilgan. BIR YO‘LOVChIGA (Xazon yo‘lchisiga) Soching yana parishon, Bag‘ring alam-la vayron, Qayga yo‘l olding davomi…

Rajab Hifziy (1893-1918)

Rajab Hifziy (Recep Hıfzı) Usmonli saltanatining Qars viloyatidagi Qag‘izman tumanida yashab o‘tgan xalq shoiridir. Rajab Tuproqqal’a mahallasidagi madrasada ta’lim oladi, Qur’onxon hofiz bo‘lib yetishadi. O‘zi ham maktab ochib, bolalarni o‘qitadi, imom bo‘lib xizmat qiladi. Ayni paytda oshiqlar, ya’ni baxshilar yo‘lida davomi…

Ali Oqbosh (1941)

Ali Oqbosh (Ali Akbaş) – turk shoiri. U 1941 yilda Kahramanmarashda tug‘ilgan. Istanbul universiteti adabiyot fakultetida tahsil olgan. “Devon” (“Divan”), “Asl adabiyot” (“Doğuş Edebiyat”), “Qanot” (“Kanat”) jurnallarida faoliyat ko‘rsatgan. U 2012 yil turk dunyosida yilning adabiyot kishisi bo‘lgan. Shoirning “Ertak davomi…

Murodiy – Sulton Murod II G‘oziy (1404-1451)

Sulton Murod II G‘oziy (1404, Amasya — 1451, Edirne) — Usmonlilar sulolasining 6-sultoni, Mehmed I Chalabiyning o‘g‘li. U adolatli va insofli hukmdor sifatida nom qoldirgan. Mavlaviy tariqatiga mansub bo‘lgan sulton Murodiy taxallusi bilan she’rlar yozgan. Yaxshigina xattot bo‘lgan. Uning hukmronlik davomi…

Muhibbiy – Sulton Sulaymon Qonuniy (1494-1566)

Sulton Sulaymon Buyuk (Muhibbî – Sultan Süleyman-ı Evvel) — turk sultoni (1520—66). Uning davrida Usmonli turk imperiyasi hududiy jihatdan o‘zining eng yuksak cho‘qqisiga yetgan. 1521 yili Belgrad zabt etilgan, Moxach jangi (1526)dan so‘ng Vengriyaning katta qismi, 30-yillarda Iroq, Rodos oroli davomi…

Kichik Iskandar (1964)

Kichik Iskandar (Küçük İskender – Derman İskender Över) 1964 yili Istanbulda tug‘ilgan. Ilk she’r kitobi “Ko‘zlarim sig‘maydi yuzimga” nomi bilan 1988 yili nashr etilgan. Muallifning 3 ta romani chop etilgan. BIRINChI KECh… Tonggacha Sayrar boyqush Ko‘ksi, qo‘llarimda; vaqt mujavhari kabi davomi…

Rafiq Durbosh (1944)

Shoir, jurnalist va yozuvchi Rafiq Durbosh (Refik Durbaş) 1944 yilda Erzurumda tug‘ilgan. Ilk kitobi “Qush to‘foni” nomi bilan 1971 yilda nashr etilgan. Turk postmodern she’riyati namoyondalaridan biri. TO‘G‘RI BIR IShQ ShE’RI Seni ilk ko‘rganim kun kabi turar ko‘k yuzi ikki davomi…

Murotxon Mungan (1955)

Yozuvchi, shoir va dramaturg Murotxon Mungan (Murathan Mungan) 1955 yili Istanbulda tug‘ilgan. Anqara universiteti til va tarix-geografiya fakulteti teatr bo‘limini tugatgan. 70 dan ortiq kitobi nashr etilgan. She’riyatda sarbast janrida ijod qiladi. BIR YILNING SO‘NGGI KUNLARI I Bitmoqda yana bir davomi…

Tug‘rul Tanyol (1953)

Tug‘rul Tanyol (Tuğrul Tanyol) 1953 yili Istanbulda tug‘ilgan. Bo‘g‘azichi universiteti sotsiologiya fakultetini tamomlagan. Marmara va Yeditepe universitetlarida dars bergan. Ilk she’ri 1970 yili “Yangi inson” jurnalida chop etilgan. Turk postmodern she’riyati namoyondalaridan biri. Biz bulbul-i so‘zon dam-i gulzor-i firoqmiz, Otash davomi…


Maqolalar mundarijasi