Bekir Sidqi Erdo‘g‘on (1926-2014)

Bekir Sidqi Erdo‘g‘on (Bekir Sıtkı Erdoğan) 1926 yili Turkiyaning Qahramon viloyatida tug‘ilgan. Avval harbiy maktabda, keyin Anqara universiteti Til va tarix fakultetining adabiyot bo‘limini bitirgan. Turli harbiy maktablarda o‘qituvchilik qildi. “Bir yomg‘ir boshlandi” (1949), “Do‘stlar davrasida” (1965) kabi ko‘plab she’riy davomi…

O‘qtoy Rifat Xo‘rozji (1914-1988)

Turk adibi O‘qtoy Rifat Xo‘rozji (Oktay Rifat Horozcu) Istanbulda tug‘ilgan. Anqara universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. Nashriyot direktori, keyinchalik Istanbul Davlat temir yo‘llarida advokat bo‘lib ishlagan. U bir qator sahna asarlari va romanlar muallifidir. QALDIRG‘OCh Qaldirg‘ochni eslatar menga Yo‘l bo‘yida turgan davomi…

Oshiq Bayoniy (1965-2005)

Turk baxshilik (oshiqlik) adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri Oshiq Bayoniy (Aşık Beyani) 1938 yilda Turkiyada tug‘ilgan. Ijod olamiga 1965 yilda “Babialida saboh” gazetasida e’lon qilingan “Dag‘lar” (“Tog‘lar”) she’ri bilan kirib kelgan. Oshiq Bayoniy 19 avgust 2005 yilda avtohalokatga uchraydi va olamdan ko‘z davomi…

Nodim Uchar (1945)

Nodim Uchar (Nedim Uçar) 1945 yilda Turkiyaning Navshahariga qarashli Ko‘shektosh qishlog‘ida tug‘ildi. U boshlang‘ich ta’limni qishlog‘ida, o‘rta ma’lumotni Hojibektosh shaharchasida egalladi. 1960-1963 yillarda Politsiya kollejida, 1964-1967 yillar mobaynida Anqara Politsiya akademiyasida tahsil oldi. Nodim Uchar adabiyotga 1974 yilda nashr etilgan davomi…

Yusuf Nabiy (1640-1712)

XVII asrning ikkinchi yarmi XVIII asr boshlarida yashab o‘tgan eng shuhratli turk shoirlaridan biri Yusuf Nabiydir (Yusuf Nâbi). Urfada tug‘ilgan shoirning otasi Xoji G‘affolzoda ismli kishi bo‘lib, oilada ilmga, adabiyot va san’atga qiziqish kuchli edi. Bo‘lajak shoirning bolaligi ilm havosiga davomi…

Yunus Emro (1240-1320)

Yunus Emro (Yunus Emre) 13 asrda yashagan turk shoiri. Uning hayoti haqida ma’lumotlar juda kam bo‘lsa-da, she’rlari butun turk diyorlarida juda mashhur, oradan o‘tgan salkam yettiyuz yil mobaynida sharq xalqlarining eng suyukli shoirlaridan biriga aylandi. Ba’zi manbalardan va she’rlaridan uning davomi…

Umar Nafiy (1582-1636)

Asli ismi Umar bo‘lgan XVII asrning mashhur shoiri Nafiy (Ömer Nef’î) Arzirumga yaqin bo‘lgan Hasanqal’a degan joyda tug‘ilgan. Nafiy taxallusini unga do‘sti, davrining taniqli tarixchisi Ali G‘olib o‘g‘li bergan. Ijodining ilk davrida shoir Zarriy taxallusi bilan she’rlar yozgan. Nafiyning otasi davomi…

Sulton Valad (1226-1312)

Karamanda tug‘ilgan Sulton Valad (Muhammed Sultan Bahaeddin Veled) Mavlono Jaloliddin Rumiyning to‘ng‘ich o‘g‘lidir. U bir umr otasining tarbiyasini olgan, mavlaviylar muhitida tarbiyalanib voyaga yetgan zot. Konya va Shomdagi eng mashhur madrasalarda tahsil olib, ilohiy bilimlarni chuqur egalladi. Otasi J. Rumiy davomi…

Shayx G‘olib (1757-1799)

XVIII asr turk adabiyotining yirik namoyandalaridan bo‘lgan Mehmed Asad G‘olib – Shayx G‘olib (Şeyh Galip) Istambulda, Yenikapi Mavlaviyxonasiga yaqin uyda tug‘ildi. Uning otasi Mustafo Rashid devonda kotib bo‘lib, davrining taniqli mavlaviylaridan edi. Bo‘lajak shoir ilk saboqni otasidan oladi. Keyinchalik arab davomi…


Maqolalar mundarijasi