Rikardo Miro (1883-1940)

Rikardo Miro (Ricardo Miró) – atoqli panama shoiri. Uning she’rlari timsollar aniqligi, sermazmunligi, tushunarliligi bilan ajralib turadi. Shoirning “Muqaddima” (1908), “Tinch okean afsonalari” (1919), “Vatanparvarlik lirikasi” (1925) kabi she’riy kitoblari chop etilgan. Panamada shoir nomida adabiy mukofot ham ta’sis etilgan. davomi…

Antonio Arrais (1903-1962)

Antonio Arrais (Antonio Arráiz) Venesuela she’riyati avangardchilarining “Navqiron 28-yil avlodi”ga mansub shoiri hamda folklorchi va nosir, shuningdek, hindular mavzusining asoschisi sifatida tanilgan. Uning “Shiddat” (1924), “Simfoniyalar” (1939) va boshqa she’riy kitoblari dunyo yuzini ko‘rgan. 1945 yilda bolalar uchun “Qoplon amaki davomi…

Evaristo Karriyego (1883-1912)

Evaristo Karriyego (Evaristo Carriego) – Argentinadagi o‘z davrining yetakchi shoirlaridan biri. Buenos-Ayres hayoti tarannum etilgan ko‘plab she’rlar muallifi. “Bid’atchilar ibodati”(1908), “Guzarimning qo‘shig‘i”(1911), “Dala hovlilar qalbi”(1913) kabi kitoblar muallifi. UYIMIZ YO‘LI Uyimizdagi Bir aziz narsamiz kabi, Yo‘lakka soya solgan Baland daraxtlarning davomi…

Leopoldo Lugones (1874-1938)

Leopoldo Lugones (Leopoldo Lugones) – argentinalik taniqli shoir, yozuvchi va olim. Ijodining gullagan davrida milliy mavzu va xalqona ohanglarga ko‘p murojaat qilgan. “Asrga qasidalar”(1910), “Manzaralar kitobi”(1917), “Nasliy she’rlar”(1928) kabi o‘ziga xos she’riy to‘plamlar muallifi. ANAKREONNING KEKSALIGI Oxirladi kunduz. Shafaq ol davomi…


Maqolalar mundarijasi