Sadriddin Ayniy (1878-1954)

Yozuvchi, olim va jamoat arbobi Sadriddin Saidmurodzoda Ayniy 1878 yili Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. O‘zbek va tojik tilida yozgan. Tojikiston Fanlar Akademiyasi akademigi va birinchi prezidenti (1951—54), O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi faxriy a’zosi (1943), Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1940), davomi…

Saidali Ma’mur (1944)

Tojikiston xalq shoiri, Abu Abdulloh Ro‘dakiy nomidagi davlat mukofoti sohibi Saidali Ma’mur 1944 yil 28 dekabrda O‘ratepa(bugungi Istaravshan)ning Yakkabog‘ qishlog‘ida tug‘ilgan. Tojikiston davlat universitetining tarix va filologiya fakultetida ta’lim olgan. O‘qishdan so‘ng radio, nashriyot,gazeta va jurnallarda faoliyat yuritgan. Shoirning ilk davomi…

Ozaraxsh (1963)

1963 yilda Ayniy rayonining Urmetan qishlog‘ida tug‘ilgan. 1980-85 yillarda Tojikiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 1985-88 yillarda Respublika radio va televideniye komitetida, 1988-92 yillarda Leninobod viloyati teatrlar ittifoqi direktori lavozimida, 1992-2001 yillarda Leninobod viloyati radio va televideniye komitetida ishlagan. davomi…

Bozor Sobir (1938-2018)

Bozor Sobir 1938 yilning 20 noyabrida Fayzobod nohiyasining So‘fiyon qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasidan bevaqt mahrum bo‘lganligi bois Hisor nohiyasidagi maktab-internatda tarbiyalangan. 1957-1962 yillarda Tojikiston davlat Universitetining tarix-filologiya fakultetida tahsil olgan. «Madaniyat va maorif», «Sadoi Sharq» jurnallarida nazm bo‘limi boshlig‘i, Yozuvchilar Ittifoqi davomi…

Qutbi Kirom (1932-1993)

Qutbi Kirom 1932 yilning 18 dekabrida Tojikistonning Zahmatobod (hozirgi Ayniy) tumanida tug‘ilgan. Dushanbe pedagogika universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Ilk she’ri 1957 yili  «Sharqi Surx» (“Qizil Sharq”) jurnalida, ilk kitobi “Mehr parvozi nomi bilan 1963 yili chop etilgan. «Non hidi» (1966), davomi…

Mirshakar (1912-1993)

Mirshakar (taxallusi; asl ism-sharifi Mirshakarov Mirsaid) (1912.23.4, Tojikiston, Shug‘non tumani — 1993.31.8, Dushanba) — tojik shoiri, dramaturg. Tojikiston xalq shoiri (1962). Tojik adabiyotida she’riyatning epik janrlarini rivojlantirgan. «Zafar bayrog‘i» (1934) dostonida Vaxshdagi qurilishlar aks etgan. Xalq afsonasi asosida yaratilgan «Oltin davomi…

Zulfiya Atoyi (1954)

Zulfiya Atoyi 1954 yil 15 iyunda Sug‘d viloyatining G‘onchi nohisida tavallud topgan. Moskva shahridagi Maksim Gorkiy nomli Adabiyot Institutida tahsil olgan. «Tochikistoni Soveti» ro‘znomasida ish faoliyatini boshlagan. Ayni paytda «Feruza» ayollar jurnalining muharriri. «Sharaf» ordeni sohibi. Rossiyaning «Danko yuragi» adabiy davomi…

Gulruxsor (1947)

Otashnafas shoira Gulruxsor (Safiyeva Gulruxsor) 1947 yil 17 dekabrda Komsomolobod (hozirgi Nurobod) nohiyasining Yaxch qishlog‘ida tug‘ilgan. 1968 yilda Tojikiston Davlat Universitetining tojik filologiyasi fakultetini bitirgan. Ilk mehnat faoliyatini «Tojikiston komsomoli» ro‘znomasida boshlagan. Tojikiston Lenin komsomoli markaziy qo‘mitasi matbuot bo‘limi mudiri, davomi…

Rahmat Nazriy (1951)

Tojikiston xalq shoiri Rahmat Nazriy zamonaviy tojik adabiyotining yirik vakillaridan hisoblanadi. 1951 yilda Xatlon viloyatining Ko‘lob shahrida tavallud topgan.  Tojikiston davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Ilk ish faoliyatini «Maorif va madaniyat» ro‘znomasida boshlagan. Keyingi yillarda Tojikiston yozuvchilar Ittifoqining adabiyot davomi…

Gulnazar Keldi (1945-2020)

Atoqli shoir Gulnazar Keldi 1945 yil 20 sentyabrida  Sug‘d viloyati Ayniy nohiyasining Dardar qishlog‘ida tug‘ilgan. 1966 yilda Tojikiston davlat universitetining tarix-filologiya fakultetini bitirgan. Ilk mehnat faoliyatini «Tojikiston komsomoli»  ro‘znomasida boshlab,  ushbu ro‘znoma muharriri bo‘lib ishlagan. Keyinchalik «Sadoi Sharq», «Payvand» jurnallarida, davomi…


Maqolalar mundarijasi