Elena Shuvayeva-Petrosyan (1978)

Elena Shuvayeva-Petrosyan 1978 yilda Rossiyaning Volgograd viloyatida tug‘ilgan. Yerevanda Lazaryan nomidagi Xalqaro aloqalar institutini tamomlagan. Rossiya ham­da Armaniston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Bir qancha xalqaro mukofotlar sohibasi. 2001 yildan buyon Yerevanda yashaydi. Yelena Shuvayeva-Petrosyan she’rlar va nasriy asarlardan iborat to‘rt kitob davomi…

Mayra Asare (1960)

Mayra Asare (Maira Asare) – shoir, yozuvchi, tarjimon. 1960 yilda Latviya­da tug‘ilgan. Muallifning “Kimdir kakku bilan o‘ynar u yoqda”, “Xanzaning sovuq alangasi”, “Tuyuga yo‘l” she’r kitoblari va “Ayollar g‘urbatxonasi” romani chop etilgan. Xalqaro Yozuvchilar uyining “Kumush siyohdon” mukofoti sovrindori. SUZISh davomi…

Galina Klimova (1947)

Galina Klimova 1947 yilda Moskva shahrida tug‘ilgan. 1972 yilda Moskva Davlat pedagogika instituti geografiya-biologiya fakultetini, 1990 yili Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot instituti qoshidagi Oliy Adabiyot kursini tamomlagan. She’rlari serb, bolgar, polyak, chex, arman, xitoy, golland tillariga tarjima qilingan. Moskva Yozuvchilar davomi…

Muhammadrizo Shafe’iy Kadkaniy (1939)

Doktor Muhammadrizo Shafe’iy Kadkaniy (forscha: محمدرضا شفیعی کدکنی) hijriy-shamsiy 1318 yili, milodiy hisob bilan 1939 yilning 12 oktyabr kuni Nishopurning Kadkan qishlog‘ida tug‘ilgan. Shafe’iy Kadkaniy davrimizning yangi she’r va tamsiliy she’riyatning mashhur namoyandalaridan biridir. Uning an’anaviy va yangi klassik shakldagi davomi…

Vosifi Boxtariy (1942)

Afg‘onistondagi hozirgi zamon forsiy — dariy adabiyotining zabardast vakillaridan biri – olim, shoir, yozuvchi va tarjimon Ustod Vosifi Boxtariy (استاد واصف باختری‎‎) hisoblanadi. U 1942 yil Balxda tug‘ilgan. Ilk ma’lumotni shu yerdan olib, 1967 — yil Kobul institutining fors tili davomi…

Kalim Koshoniy (1585-1651)

Abutolib Kalimi Koshoniy (کلیم کاشانی) (1585, Koshon — 1651, Lohur) Hindistonda boburiylar saltanatining davomchilari bo‘lmish Jahongir Mirzo va Shohjahonlar saroyining malikush-shuarosi hisoblanadi. Ma’lumki, g‘azalnavislikning Ro‘dakiy va boshqalar tomonidan yaratilgan «sabki Samarqand», Kamol Xo‘jandiy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar yuksaltirgan “sabki davomi…

Su Shi (1037-1101)

Mumtoz xitoy she’riyatining yorqin siymolaridan biri Su Shi (苏轼) Sun sulolasi davrida yashagan. Umrining katta qismi surgunda o‘tgan shoir Su Dungpo taxallusi bilan she’rlar yozgan, shuningdek, essenavis, musavvir, xattot va davlat arbobi sifatida faoliyat yuritgan. U Meychjou shahri yaqinidagi Emeyshan davomi…

Martseliyus Martinaytis (1936-2013)

Martseliyus Martinaytis (Marcelijus Martinaitis; 1.04.1936 — 5.04.2013) – litva shoiri, adabiyotshunos, publitsist, tarjimon. Uning «Kukutis balladalari» kitobi juda mashhur. KUKUTISNING YaLLASI Yallasini boshlar Kukutis: «Hayot qanday shodumon, beg‘am! Hayot go‘zal, quvonchu bayram, Hatto nedir yetishmasa ham!» Kukutisning shodmon sasini Yalla davomi…

Artur Rembo (1854-1891)

Artur Rembo (Jean Nicolas Arthur Rimbaud) — jahon adabiyotidagi simvolizm oqimining eng yorqin namoyandalaridan biri. U 1854 yilning 20 oktyabrida Frantsiyaning shimolidagi Ardenler provintsiyasidagi Sharlevil shaharchasida tug‘ilgan. U hali 16 yoshidayoq oilasidagi kelishmovchiliklar tufayli uyidan qochib, Parijga ketadi. Shu taqlid davomi…