Turkmenboy Jiyemuratov (1953)

Turkmenboy Jiyemuratov 1953 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) fizika fakultetini tamomlagan. “Go‘zallik olami”, “Uchratdim bir go‘zalni…”, “Ruboiylar”, “Xazina” nomli she’riy to‘plamlari, pedagogikaga oid darslik va qo‘llanmalari nashr qilingan. QIZIL JING‘IL GULLARI Ixlos og‘ib qoladi, Kuzning saxiy kunlari. Ko‘zning davomi…

David Diop (1927-1960)

David Diop (David Diop) – shoir, publitsist va jamoat arbobi. Frantsuz tilida ijod qilgan. U Frantsiyaning Bordo shahrida tug‘ilgan. Otasi senegallik, onasi kamerunlik edi. David Senegal maktabiga o‘qishga boradi, keyin Ikkinchi jahon urushi yillarida Parijning Bertlo litseyida o‘qiydi. Uning she’rlarida davomi…

Maxtumquli (1733-1783)

Maxtumquli (Magtymguly; taxallusi Firog‘iy; 1733, Gurgan daryosi sohilidagi Hoji-govshan qishlog‘i — 1783) — turkman shoiri va mutafakkiri. Otasi Davlatmamat Ozodiy (1700—1760) ham shoir bo‘lgan. Maxtumquli boshlang‘ich ta’limni oilada o‘z otasidan olgan. So‘ng qishloq maktabida Niyozsolih mulla qo‘lida o‘qigan. Dastlab Maxtumquli davomi…

Muhammad Siddiq Navro‘zov

Yangi uyg‘ur adabiyotining dastlabki namoyandalaridan biri Muhammad Siddiq Navro‘zov XX asrning o‘ttizinchi yillari oxirlarida ijod etib, uyg‘ur adabiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan adib. Sharqiy Turkiston o‘lkasining ko‘zga ko‘ringan madaniyat arboblaridan biri bo‘lgan Muhammad Siddiq Navro‘zov bir necha yillar davomida Uyg‘uriston yozuvchilar davomi…

Abul-a’lo Al-Maarriy (973-1057)

Abul-a’lo al-Maarriy (أبو العلاء المعري) – o‘rta asrlarda yashab ijod etgan ulug‘ arab shoiri va mutafakkiridir. Shoir 973 yilda Suriyaning shimolidagi Maratanno‘mon yoki Maara degan kichik bir shaharchada, qozi oilasida tug‘ilgan. Uch yasharlik vaqtida chechak kasali bilan og‘riganidan keyin, Abulaloning davomi…