Parvin E’tisomiy (1906-1941)

XX asr Eron she’riyatining yorqin siymolaridan bo‘lmish Parvin E’tisomiy (پروین اعتصامی) 1906 yil 16 martda Tabrizda donishmand ziyoli Yusuf E’tisom ul-Mulk oilasida tug‘ilgan. Asl ismi Raxshoda bo‘lgan Parvin 6 yoshidan oilasi bilan Tabrizdan Tehronga ko‘chib keladi. Parvin ibtidoiy tahsilni Tehron davomi…

Gerus Abdolmalikiyon (1980)

Gerus Abdolmalikiyon (گروس عبدالملکیان) 1980 yil 10-oktyabrda Tehron shahrida tug‘ilgan. Eronning mashhur shoiri Muhammad Rezo Abdolmalikiyonning o‘g‘li. U 11 yoshidan she’rlar mashq qila boshlagan. Ilk she’rlari «Kayhon» jurnalida chop etilgan. 2003 yili Tehron Ozod universitetining sanoat muhandisligi fakultetini bitirgan. «Pinhon davomi…

Jon Kits (1795-1821)

Jon Kits (John Keats) ingliz romantizmi oqimining so‘nggi vakillaridan biri. 1795 yil 31 oktyabrda tug‘ilgan. London universitetida jarrohlik bo‘yicha tahsil olib, imtihondan ham muvaffaqiyatli o‘tadi, ammo bu kasb bilan umuman shug‘ullanmaydi. 1817 yili e’lon qilingan “She’rlar” to‘plamida ijtimoiy hayotdagi riyokorliklar davomi…

Federiko Garsia Lorka (1898-1936)

Federiko Garsia Lorka (Federico García Lorca)  (1898.5.6, Fuentevakeros — 1936.19.8, Granada yaqinida) — ispan shoiri va dramaturgi. Uning ijodi ispan xalq og‘zaki ijodi an’analarini yangicha talqin etish asosida shakllandi. «Qo‘shiqlar» (1927), «Lo‘lilar romanserosi» (1928) kabi asarlarida og‘ir va fojiali voqea-hodisalarni davomi…

Aziziy (1962)

Taniqli uyg‘ur shoiri, adibi va tarjimon Aziziy 1962 yili Xo‘tan viloyati, Chiryo tumanining Mozorko‘l kentida tavallud topgan. 1985 yili Shinjong universitetining adabiyot kulliyotini tamomlagan. Uning ijodiy ishlari o‘rta maktab o‘quvchiligi davridayoq boshlangan. Hozirgacha mingdan ziyod nazmlari, 50 dan ortiq badialari, davomi…

Turkmenboy Jiyemuratov (1953)

Turkmenboy Jiyemuratov 1953 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) fizika fakultetini tamomlagan. “Go‘zallik olami”, “Uchratdim bir go‘zalni…”, “Ruboiylar”, “Xazina” nomli she’riy to‘plamlari, pedagogikaga oid darslik va qo‘llanmalari nashr qilingan. QIZIL JING‘IL GULLARI Ixlos og‘ib qoladi, Kuzning saxiy kunlari. Ko‘zning davomi…