Qulman Ochilov. Sayroblik barakali yigit (qissa)

Tong vaqti yo‘lga tushdi. “Oysuluv” dostonidan Tupkaning tagi qayerda? “Hayitali Allamurodovni taniysizmi?”, deb so‘rasam, siz, albatta, yelka qisasiz: “Yo‘q”. Ajablanadigan joyi kam. O‘zim ham tanimas edim. Qanday taniylik, ayrimlarga o‘xshab bo‘lar-bo‘lmas ish uchun atrofiga to‘da-to‘da muxbir yig‘ib, ularga uzundan-uzun, maza-bemaza davomi…

Qulman Ochilov. Qasd (qissa)

Bul odam o‘lmay qo‘lga tushmaydi. (“Dalli” dostonidan) Salomsiz kalom Professor Panji Namozov ikkinchi qavatdan yuradigan liftga yetgunicha hansirab, harsillab qoldi. Uning harakatlari ancha susayib, bug‘doyrang yuzidagi ajinlari kun-bakun ko‘payib borayotgan bo‘lsa-da, ba’zi tengdoshlariga o‘xshab, juda munkillab qolganicha yo‘q. Ammo yetmishni davomi…

Qulman Ochilov. Savob (esse)

Bekatda to‘xtagan avtobusdan bir odam tushdi. Kitob shahar bozori tomon oqib kelayotgan olomon orasida bir zum to‘xtab, yon-veriga razm solgach, qarshisidagi kamko‘rimgina bino – bank tomon yurdi. Unga hech kim e’tibor bermadi. Sirasini aytganda, uning diqqatni o‘ziga tortadigan siyog‘i ham davomi…

Qulman Ochilov. To‘n (hikoya)

Shaxmat – zo‘r o‘yin. Joy ham, mavsum ham, yosh ham tanlamaydi. Ayniqsa, ortiqcha xarajat talab qilmaydi. Ishqibozligu xafsala, topilsa – aroq, topilmasa pivo ham bo‘laveradi. Shavkat G‘iyosovich bilan Halim Salimovich bu o‘yinni shuning uchun yaxshi ko‘radi. Ikkalasini qariyb yigirma yildan davomi…

Qulman Ochilov. Nur qidirib (mutolaa)

Yaxshi kitob o‘qiyotganimda o‘zimga ma’qul kelgan va kelmagan joylarining tagiga chizib, hoshiyasiga har xil belgilar qo‘ymasam ko‘nglim ko‘lchimaydi. Bu jurnalistning “kasb kasali” bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Tesha tegmagan gap, nozik o‘xshatish, dilni charaqlatib yuboradigan mag‘zi to‘q fikr, falsafa, yangi fakt davomi…

Qulman Ochilov. Qaytim (hikoya)

– Otangizning boshiga borib kelsak, – dedi Hojar buvi iymanibgina. Buvining odati shunday – birovdan qarz so‘rayotganday, qisinib-qimtinib, eshitilar-eshitilmas ovozda, ohista gapiradi. –Vaqtingiz bo‘larmikan, bolam?Avji saratonda shahardan horib-charchab qaytgan o‘g‘lining jahli chiqib, baqirib-chaqirib ketishidan hadiksirab turgan edi. Insof berdimi yo davomi…

Qulman Ochilov. O‘g‘ilmi – qiz? (hikoya)

Eshik sekin taqilladi.– Kiring, – dedi professor G‘ulom Ermatov boshini ko‘tarmasdan. Boshini qanday ko‘tarsin, bir kasalni ko‘rsa, tekshirsa, uch-to‘rt xil qog‘oz to‘ldirishi, so‘ng bosh vrachga qo‘l qo‘ydirishi, yozganlarini kompyuter degan daxmazaga joylashi kerak. Ilgari tabiblaru olimlarga maza bo‘lgan, qog‘ozbozlik bilan davomi…

Qulman Ochilov. Bir kapgir osh (hikoya)

Nafisa tandirdagi nonlarini uzib, ikkitasini dasturxonga o‘radi-da, ovsini Saidanikiga shoshildi. Bahrom muallimning ikkinchi xotini ham peshanasiga sig‘madi. Uy-ro‘zg‘or ishlarida duppa-durust kuymalanib, lo‘mbillabgina yurgan ayol birdan yotib qoldi.Oshqozonida o‘simtasi bor ekan. Lekin uch oyda ikki operatsiyani boshidan o‘tkazib ham, bechora o‘nglanmadi. davomi…


Maqolalar mundarijasi