Isajon Sulton. Yangi yil kechasida (hikoya)

Kecha qorong‘iligida yomg‘ir shivalab yog‘ardi. Qoramtir daraxtlarning ko‘lkalari aro tomchilar entiktiruvchi shitirlardi.Shu bugun dunyo yangi yil kirib kelishini nishonlamoqda, ko‘chalar turli chiroqlarga va yozuvlarga to‘la, havo sovuq, rutubatli, odamlar qor yog‘ishini qattiq istashgan, ammo tushdan keyin bir xilda izillab yomg‘ir davomi…

Isajon Sulton. Sofiya (hikoya)

(bir muhabbat hikoyasi) Yaqindagina ro‘y bergan, tabiatni yakson etib, shiddatli sellar paydo qilgan dovul mahali chaqmoq urgan bir kishining holidan xabar bermoqchiman. Chunki avvalboshda oddiygina tuyulgan shu hikoya bir oz vaqt o‘tgach, nazarimda boshqa ma’no kasb eta boshladi. “Sofiya” so‘zi davomi…

Isajon Sulton. Sog‘inch (hikoya)

Shaftoli shoxidaman,Onamning yonidaman,Boray desam yo‘l uzoq,Otamni sog‘inaman…(Bolalar qo‘shig‘i) Bir necha kundirki sovuq tushdi. Ertalab sahar tashqariga chiqsangiz, hammayoqni ko‘z yetadigan olis-olislargacha oqish qirov-bulduruqlar qoplab yotganini ko‘rasiz. Kechalari etni o‘yib, suyakni zirqiratar darajada sovuq shabada esadi, bu izg‘irinda yaqindagina issiq-issiq ko‘z davomi…

Isajon Sulton. Ota qasidasi (hikoya)

Muhtasham bir binoning oynavand kirish eshigi oldida ko‘kish zarhal kiyim kiygan ikki baquvvat darbon zerikib turar edi.Yomg‘ir shivalab yog‘ar, qizil tosh terilgan yo‘laklar, qimmatbaho arobalar turli- tuman chiroqlar yog‘dusida tovlanib ko‘rinardi.Kishilar shosha-pisha yo‘lakdan o‘tib bormoqda edilar. Saldan keyin usti yomg‘irda davomi…

Isajon Sulton. Yigirma birinchi asrning sakkiz yashar bolasi (hikoya)

Vaqt shomga yaqinlashib qolgan edi.Dunyoning bir burchida tug‘ilib, endigina sakkiz yoshga kirgan bolakay televizor tomosha qilmoqda edi.Televizor hozirgina Germaniyada Paulo degan sakkizoyoqning olamdan o‘tganini ma’lum qildi. Butun olamni o‘rgimchak to‘riday egallab olgan telekanallarning mashhurlaridan biri – National Geographic dasturlaridan u davomi…

Isajon Sulton. Mansub-1984 (hikoya)

Bu manzaralarni men bilan birga unib-o‘sgan tengdoshlarimu bizdan bir necha yosh katta-kichiklar, o‘qituvchilar, ota-onalar juda yaxshi bilishadi. Oradan o‘ttiz yilga yaqin vaqt o‘tdi. Shuncha yil ichida ham o‘sha yashab o‘tilgan kunlar esdan chiqmabdi. Kecha kechqurun bola-chaqa bilan birga ovqatlandik, televizor davomi…

Isajon Sulton. Qo‘riqchi (hikoya)

“…Meni shu o‘ldirdi, shu!..”Sami Renchber Keng, hayhotday dalaning qoq o‘rtasida qo‘riqchi qaqqayib turar edi. Uzoqdan qaralsa odamga o‘xshab ko‘rinardi. Ustiga eski-tuski, yirtilib uvadasi chiqqan paxtalik kiydirilgan, boshida quloqchini ham bor. Oyoq-qo‘llariga bir nimalar osib qo‘yilgan, ular quyoshda yiltirab, shabadada qo‘rqituvchi davomi…


Maqolalar mundarijasi