Ahmadshoh Duroniy (1721-1771)

Ahmadshoh Duroniy (1721—1771) faqatgina afg‘on milliy davlatining asoschisi bo‘libgina qolmay (1747 yilda birinchi martaba afg‘on milliy feodal davlati barpo etiladi), XVIII asr afg‘on poeziyasining davomchisi sifatida o‘z ona tili — pashto‘ tilida lirik she’rlar yaratgan shoir hamdir. 1940 yilda Kobulda davomi…

Pirmuhammad Kokar (1708-1781)

Pirmuhammad Qandahor yaqinida yashovchi Kokar qabilasidan bo‘lib, taxminan 1708 melodiy (1120 h.) yilda Jo‘b degan yerda tug‘ilgan. U Ahmadshoh Duroniyning zamondoshi va saroy shoiri bo‘lgan. Ahmadshohning o‘g‘li shahzoda Sulaymonga ustozlik ham qilgan. Uning 1780-1781 yillargacha yashagani bizga ma’lum. Chunki Pirmuhammad davomi…

Xushholxon Xattak (1613-1691)

Xushholxon Xattak 1022 hijriy (ya’ni melodiy 1613) yilda Peshovarning sharqida joylashgan Akora degan joyda tug‘ildi. Xushholxonning otasi Shahbozxon o‘sha vaqtda 22 yoshda bo‘lib, boburiylardan Shoh Jahon xizmatida edi. Xushholxon bolaligidayoq o‘zining katta iste’dod egasi ekanligini namoyish qildi. O‘z davridagi ilmlarni davomi…

Ramiz Askar (1954-2024)

Ramiz Askar (Ramiz Əskər) 1954 yilda Omosiya tumanining Krrachanta qishlog‘tsda tug‘ilgan. Qorachanta litseyini tamomlagach, 1972 yilda Boku Davlat universitetiga kirgan, 1975 yilda Moskva Davlat universitetiga utkazilib, uni 1978 yilda tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1978 yildan Ozarbayjon radiosida boshlagan. So‘ngra “Bugungi Ozarbayjon” davomi…

Odil Jamil (1954)

Shoir, adabiyotshunos, tarjimon, falsafa fanlari doktori Jamilov Odil Savalano‘g‘li (Adil Cəmil) 1954 yil 8 oktyabrda Kalbajar tumanining Qilsyali qishlog‘ida tug‘ilgan. 1977 yilda Boku Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ommaviy axborot vositalarida rahbar lavozimlarida ishlagan. 2002 yildan buyon “Adabiyot gazetasi”da bo‘lim davomi…

Zelimxon Yoqub (1950-2016)

Zelimxon Yoqub (Zəlimxan Yusif oğlu Yaqubov) 1950 yilda Gurjiston Jumhuriyatining Kapanakchi qishlog‘ida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. O‘rta ma’lumotni o‘z qishlog‘ida olgan. 1972 yilda Bokudagi Ozarbayjon Davlat universitetini bitirgan. 1973— 1978 yillarda “Ozarkitob” sistemasida kitob sotuvchi, bosh sotuvchi, sho‘ba mudiri bo‘lib davomi…

Voqif Bayotli O‘dar (1949)

Jabroilzoda Voqif Isib o‘g‘li – Voqif Bayotli O‘dar (Vaqif Bayatlı Odər) 1949 yilda Jabroyil tumanining Buyuk Marjonli qishlog‘ida tug‘ilgan. Ozarbayjon Inshoot muhandislari institutida tahsil olgan. 1980 yilgacha Bokuda o‘z ixtisosi bo‘yicha, ya’ni muhandis bo‘lib ishladi. Keyin matbuot sohasiga ishga o‘tdi. davomi…

Tohir Tolibli (1948)

Tohir Tolibli (Tahir Talıblı) 1948 yil 22 fevralda Armanistondagi Kalinino tumanining Evli qishlog‘ida tug‘ilgan. Shu yerda o‘rta maktabni tugatgach, Ozarbayjon Pedagogika institutida tahsil olgan (1968— 1972). 1972 yilda ona qishlog‘iga qaytib, avval til-adabiyot o‘qituvchisi, so‘ng maktab direktori bo‘lib ishlagan (1972— davomi…

Eldor Boxish (1947-1996)

Eldor Boxish (Eldar Baxış) 1947 yilda Qubadli tumanining Dilali Miskanli qishlog‘ida tug‘ilgan. 1965— 1969 yillarda Ozarbayjon Davlat universitetining tarix fakultetida tahsil olgan. Universitetni tamomlagach, o‘qituvchilik qilgan, armiyada xizmat qilgan, so‘ngra Ozarbayjon teleradio qo‘mitasida muharrir bo‘lib ishlagan. Yoshligidan adabiyotga qiziqqan. Ilk davomi…

Og‘amali Sodiq (1947-1995)

Og‘amali Sodiq (Ağamalı Sadiq) Ozarbayjonning Qazax tumani Qaymoqli (Ingichka dara) qishlog‘ida 1947 yilda ziyoli oilasida dunyoga kelgan. 1964 yilda o‘rta maktabni tugatgach, mehnat faoliyatini Sumgait superfosfat zavodida elektr montyorlikdan boshladi. 1972—1977 yillarda Ozarbayjon Davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil oldi. Keyin davomi…