To‘legen Aybergenov (1937-1967)

To‘legen Aybergenov (Tөlegen Aybergenұlы Aybergenov) Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanidagi “Qo‘ng‘irot” sovxozida tavallud topgan. 1954 — 1959 yillarda Toshkentda Nizomiy nomidagi Pedagogika institutida qozoq tili va adabiyoti fakultetida o‘qigan. Ilk she’rlarini bolalikda yoza boshlagan. Ilk turkum she’rlari “Yosh davron” nomli to‘plamda chop davomi…

Jumaken Najimeddinov (1935-1983)

Jumaken Najimeddinov (Jұmeken Sabыrұlы Nәjіmedenov) Gurev viloyatining Dengiz tumanidagi Qo‘shaloq qishlog‘ida dunyoga kelgan. Olmaotada Qurmong‘ozi nomidagi konservatoriyada milliy cholg‘u asboblari fakultetini tamomlagan. 1959—1965 yillarda «Jazushы» nashriyotida, 1965—1971 yillarda Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasida, 1971—1983 yillarda “Maktab” nashriyotida ishlagan. Ilk she’rlar to‘plami 1961 davomi…

Qalijon Bekxojin (1913-1990)

Qalijon Bekxojin (Jұmeken Sabыrұlы Nәjіmedenov) 1913 yil 15 dekabrda Pavlodar shahrida dunyoga kelgan. 1938 yilda Abay nomidagi Qozog‘iston Davlat pedagogika institutini tamomlagan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Q.Bekxojin ko‘plab lirik she’rlar, dostonlar muallifi. “O‘rmon qizi” (1939) dostonida xalq orasidan chiqqan iste’dodli davomi…

Qodir Mirzaliyev (1935-2011)

Qodir Mirzaliyev (Qadыr G‘inayatұlы Mыrzaliyev) O‘rol viloyatining Jimpiti shaharchasida tug‘ilgan. Qozog‘iston Davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Uning ilk asarlari 1954 yilda e’lon qilingan. 1966 yili unga “Xayol armoni” to‘plami uchun Qozog‘iston Yoshlar mukofoti berildi. 1980 yili “Jeruyiq” she’rlar kitobi uchun davomi…

Mammad Ismoil (1964)

Mammad Ismoil (Məmməd İsmayıl) 1964 yilda Ozarbayjon Davlat universitetini, 1975 yilda Moskvada Oliy Adabiyot kursini tamomlagan. 1998 yilda filologiya fanlari nomzodi bo‘lgan. Qazax tumanlararo “Qalbiyat bayrog‘i” gazetasida musahhih, Ozarbayjon Teleradio qo‘mitasida muharrir, bo‘lim mudiri, “Adabiyot va injasan’at” gazetasida muxbir, “Ozarbayjonfilm” davomi…

Sultonmahmud To‘rayg‘irov (1886-1920)

Qozoq romanchiligining asoschilaridan biri, demokrat shoir Sultonmahmud To‘rayg‘irov (Sұltanmaxmұt Torayg‘ыrov) Pavlodar viloyatining Bayanovul tumanida tug‘ilgan. Madrasada ta’lim olgan. 1913 yildan boshlab birinchi qozoq jurnali “Ayqop”da mas’ul kotib bo‘lib ishlagan. Ilk she’rlari, publitsistik maqolalari va ocherklari ana shu jurnalda e’lon qilingan. davomi…

Tursunxon Abdurahmonova (1921-2003)

Tursunxon Abdurahmonova (Tұrsыnxan Әbdіraxmanova) Semey viloyatining Jarma tumaniga qarashli “Bo‘ka” ovulida tug‘ilgan. Mehnat faoliyati 1941 yildan boshlangan. Urush yillarida o‘rta maktabda o‘qituvchi, maktab direktori bo‘lib ishladi. 1950-1954 yillarda “Qozog‘iston ayollari” jurnalida bo‘lim mudiri, 1954-1959 yillarda Qozog‘iston Davlat universitetida, 1959-1963 yillarda davomi…

Muqag‘ali Maqatayev (1931-1976)

Muqag‘ali Maqatayev (Mұqag‘ali Sүleymenұlы Maqatayev) Olmaota viloyati Norinko‘l tumanidagi “Qorasoz” manzilida tavallud topgan. M.Maqatayev qisqa ijodiy faoliyati davrida qozoq she’riyatida inqilob qilgan novator shoir sanaladi. U badiiy tarjima sohasida ham katta ishlar qildi. Jumladan, Dantening “Ilohiy komediya”sini, V. Shekspirning sonetlarini, davomi…