Shokarim Xudoyberdiyev (1858-1931)

Qozoq adabiyotining yirik arbobi Shokarim Xudoyberdiyev (Shәkәrіm Qұdayberdіұlы) Semipalatinsk viloyatining Chingiztov tumanida tug‘ilgan. Yetti yoshida yetim qolib, tog‘asi Abay Qunanboyev oilasida tarbiyalangan. Mustaqil ravishda bilim olib, arab, fors, qadimgi turk va rus tillarini o‘rgangan. Uning she’rlari falsafiy timsollar, go‘zal tashbehlarga davomi…

G‘afu Qayirbekov (1928-1994)

G‘afu Qayirbekov (G‘afu Qayыrbekov) 1928 yil 15 avgustda hozirgi To‘rg‘ay viloyatining To‘rg‘ay shahrida dunyoga kelgan. 1952 yilda Abay nomidagi Qozog‘iston Davlat pedagogika institutini bitirgan. Ilk she’ri 1948 yilda To‘rg‘ay tuman gazetasida bosilgan. Birinchi she’riy to‘plami “Tengdosh” 1954 yilda nashr qilingan. davomi…

Abdulla Aymoq (1954-2015)

Abdulla Aymoq (Әbіlda Aymaq) Janubiy Qozog‘istonning O‘rdaboshi tumanida tug‘ilgan. Muxtor Avezov nomidagi viloyat Pedagogika institutining filologiya fakultetida tahsil olgan. Matbuotda 80-yillarning boshidan she’rlari bilan ko‘rina boshladi. Ayni paytda Respublika Yozuvchilar uyushmasining Janubiy Qozog‘iston viloyati bo‘limida mas’ul kotib vazifasida faoliyat ko‘rsatmoqda. davomi…

Qosimxon Begmanov (1958)

Qosimxon Begmanov (Qasыmxan Seyіtxanұlы Begmanov) Janubiy Qozog‘iston viloyatining Kentov shahrida tug‘ilgan. 1975 — 1980 yillarda Qozog‘iston Politexnika institutida tahsil olgan. Xalqaro Turkiy xalqlar she’riyati festivalining ishtirokchisi. “Yomg‘irli tun”, “Ilk kitob”, “Beshikdan qabrgacha”, “Sog‘inch” singari she’riy to‘plamlar muallifi. Yoshlar she’riyatida uning davomi…

Nasibbek Ayto‘g‘li (1950)

Nasibbek Ayto‘g‘li (Nesіpbek Aytұlы) Sharqiy Turkistonning Tarbag‘atay aymog‘idagi Shauyeshek tumanida tavallud topgan. 1955 yilda oilasi bilan otamakon — Qozog‘istonga kelib yashay boshlagan. Semey viloyati Shubartov tumanidagi Barshatas qishlog‘ida o‘rta maktabni tamomlagan. Ilk mashqlari Shubartov tumanidagi “Yangi hayot” gazetasida chop qilingan. davomi…

Eseng‘ali Ravshan (1957)

Eseng‘ali Ravshan (Eseng‘ali Әbdіjapparұlы Raushanov) Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli shahrida tug‘ilgan. Qozog‘iston Davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. She’rlari 1980 yillardan e’lon qilinib keladi. 1983 yilda “Bekdavlat va Jo‘loman” nomli dostoni qozoq she’riyatida katta voqea bo‘ldi va qator adabiy mukofotlarga loyiq topildi. davomi…

Muxtor Shoxonov (1942)

Muxtor Shoxonov (Mұxtar Shaxanov) Chimkent viloyati, Lenger tumani Qashqasuv qishlog‘ida tavallud topgan. Yetti yillik maktabni tamomlagach, “Yulduz” kolxozida traktorchiga yordamchi, keyin viloyat gazetasida adabiy xodim, Qozog‘iston radiosida katta muharrir, Bosh muharrir bo‘lib ishladi. Chimkent Davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Keyinchalik davomi…

Muzaffar Alimboyev (1923-2007)

Muzaffar Alimboyev (Mұzafar Әlіmbayev) Pavlodar viloyatining Sharbaqti tumanidagi Maraldi ovulida tug‘ilgan. Qozog‘iston Davlat universitetini bitirgan. Iste’dodli shoir o‘z mavzusi, chuqur tafakkuri, o‘ziga xos ohanglari bilan qozoq she’riyatini boyitdi. “Qozog‘iston xalq shoiri” faxriy unvonining sohibi. U xalqchil she’riyati, didaktika va hajvga davomi…

Sirboy Mavlenov (1922-1993)

Sirboy Mavlenov (Sыrbay Mәulenov) 1922 yil 17 sentyabrda To‘rg‘ay viloyati Jongeldin tumanida tavallud topgan. Avval o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloqda, so‘ngroq Qizil O‘rda shahrida o‘qigan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Shoirning dastlabki she’rlari 1937 — 1938 yillarda e’lon qilina boshlagan. Ilk to‘plami davomi…

Jambul Jabayev (1846-1945)

Xalqning sevimli shoiri, mohir so‘z ustasi, ulug‘ oqin Jambul (Jambыl Jabayұlы) Avliyoota viloyatidagi Qoratov etaklarida dunyoga kelgan. U xalq og‘zaki ijodiyoti namunalarini bolaligidan sevib o‘rgandi va qozoq xalqi orasida aytishuv san’atining yetakchisi sifatida shuhrat qozondi. Shoirning ijodi munosib taqdirlandi. U davomi…