Mahambet O‘temis o‘g‘li (1804-1846)

Mahambet O‘temis o‘g‘li (Maxambet Өtemіsұlы) Ichki Bo‘key o‘rdasi, Beketay aymog‘i (hozirgi O‘rol viloyati, Joybek tumani)da tug‘ilgan. 1824-1829 yillarda Orenburgda o‘qigan. Yoshligidan she’r yoza boshlagan Mahambet mahalliy amaldorlarning kirdikorlarini fosh qiluvchi asarlari uchun 1829-1831 yillarda qamoqda o‘tiradi. Qamoqdan chiqqandan keyin 1836-1837 davomi…

Qasham Nasafzoda (1959)

Qasham Nasafzoda (Qəşəm Nəcəfzadə) 1959 yilda Ozarbayjonning Imishli mintaqasida tug‘ilgan. Ta’lim fakultetini tamomlagan. Tafakkur universitetida katta muallim vazifasida ishlagan. “Ozarbayjon” jurnalining she’riyat bo‘limini boshqargan. Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasining Boshqaruv hay’ati a’zosi, Bolalar adabiyoti sektsiyasining rahbari bo‘lgan. “Sevgining so‘ngini so‘ylamang menga”, “Uxlayotgan davomi…

Ajdar O‘l (1958)

Mashhur ozarbayjon shoiri, nosir, dramaturg va tarjimon Jabiyev Ajdar Fayzulla o‘g‘li (Əjdər Ol) 1958 yilda G‘ozimammad shahrida tug‘ilgan. 1979 yilda Ganja davlat pedagogika institutini tamomlagan. Maktabda o‘qituvchi, “Ishiq” (Hyp) nashriyotida musahhih, kichik muharrir, “Shur” nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. She’r, davomi…

Ziraddin Qafarli (1955)

Ziraddin Qafarli (Zirəddin Qafarlı) 1955 yilda Ozarbayjonning To‘viz tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni bitirgandan keyin 1972—1973 yillarda ishchi bo‘lib ishlagan, harbiy xizmatdan so‘ng 1983—1989 yillarda M. Gorkiy nomidagi Dunyo adabiyoti institutida o‘qigan. “Yozuvchi” nashriyotida (1989— 1993), Ozarbayjon TVda (1993—1997), Adabiy targ‘ibot davomi…

Vali Xromchoyli (1955)

Vali Xromchoyli (Vəli Xramçaylı) 1955 yil 27 aprelda Sibirda tug‘ilgan. Asli Qazax tumanining Sixli qishlog‘idan. Ozarbayjon Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan. 1985 yildan “Ozarbayjon tabiati” jurnalida bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Hozirgi vaqtda “O‘choq” gazetasining Bosh muharriri. davomi…

Asqar Rasulov (1954)

Asqar Odilo‘g‘li Rasulov (Əsgər Rəsulov) 1954 yilda Naxichevanda tug‘ilgan. 1976 yilda Ozarbayjon Davlat universiteti Sharqshunoslik fakultetining Turk tili va adabiyoti bo‘limini bitirgan. 1980 yilda “Turk filologiyasi” kafedrasida ilmiy faoliyatini boshlagan. Hozirda filologiya fanlari doktori, professor. 1976—1979 va 1989— 1995 yillarda davomi…

Abdullo Baxtoniy (1926)

Abdullo Baxtoniy (عبدالله بختانی) Nangrahor viloyatidagi Surxrud (Qizil daryo) yoqasida joylashgan Baxton qishlog‘ida 1926 yil dunyoga kelgan. Shoir Baxtoniy boshlang‘ich ma’lumotni Nangrahorda olgach, 1946 yili ana shu viloyatning maorif bo‘limida kotib bo‘lib ishlaydi, bir yil keyin Nangrahordagi pashto‘ tili kursida davomi…

Kozimxon Shaydo (1727-1778)

Kozimxon Shaydo 1727 yilda Xattaklar nabilasi yashaydigan Saroy tumanidagi Afzalobod degan joyda tug‘ildi. Uning otasi Afzalxon Xattak, mashhur tarixchi bo‘lib (“Tarix-e murasso” asarining muallifi), Xushholxon Xattakning nabirasi edi. Kozimxon Shaydoning otasi vafot etgandan keyin, xattaklar xonligi akasi Asadullaxon qo‘liga o‘tadi. davomi…