Kim Xyon-Chjo (1956)

TOG‘ Oyoqqa turgach u Qo‘yib yubordi nafsini; Boyliklar orttirgach Unuta bordi uyatni. Yuksak osmonlarga intildi Va uning tashvishlaridan Kirlandi musaffo dunyo. Tog‘, Bag‘rida qiyg‘os ochilgan Gullar kulgusini yashirdi. KO‘L Qachonlardir javlon urgan vaqt Tomchiga aylanib, uyquga cho‘mdi. Kulgusiz, faryodsiz bo‘m-bo‘sh davomi…

Pak Mok-Vol (1917-1978)

OY Gullayotgan shaftolining Shoxlariga yashirinib Oy suzib borar. Nedong-myon yoki Odong-myon Qishloqlari ustidan, Pulguks ibodatxonasi turgan joylar, Kyongchju viloyati uzra. Oy suzib borar Gullagan shaftolining Shoxlariga burkanib. TOG‘ ShAFTOLISI GULLADI Tepalik, Xugasan tepaligi, Qizil toshlari yal-yal tepalik. Gulga kirdi tog‘ davomi…

Cho Chji-Xun (1920)

ROHIBA RAQSI Oppoq yopinchig‘i mayin shohidan, Qo‘nib turgan kapalakdir naq. Taqir boshi harir mato ostidan Yaltillab ko‘rinar. Ol yonog‘i shundoq mas’umki, Ko‘ngling ohlarga to‘lar. Bo‘m-bo‘sh kat ustida sham nuri milt-milt. Nokning shoxlariga qo‘nib o‘tar oy. Havolanar uzun yenglar osmonga. Chiroyli, davomi…

Pak Tu-Chin (1916)

QUYoSh Chiqqin, quyosh, chiqqin! Nurli, musaffo yuzing bilan yarqira, erka quyosh! Ko‘taril tog‘ cho‘qqilari uzra Va yorit tunning zulmatini. Ko‘taril tog‘ cho‘qqilari uzra, Yondir, abas ayla qorong‘ilikni. Men nafratlanaman oydin tundan, Xush ko‘rmayman oydin tunni — Oy daryolarni ko‘z yoshlari davomi…

Kim Kvan-Kuin (1914)

QORLI KEChA Qorong‘i tun izsiz yo‘qolar Olib kelishganda menga noxush xabarni. Pilik tugab borar, moychiroq shu’lasi lipillar, Qor esa yog‘adi eski xotiralar g‘ussasi yanglig‘. Entikib ketaman, og‘zimdan chiqqan bug‘ni tutarkan, Yuragim bo‘shlig‘ini yoritaman chiroq shu’lasi bilan. Libos saslarini eshitaman, ayol davomi…

Pak Yen-Chxol (1904-1938)

KETAYoTGAN KEMA Men ham ketaman. Nahotki ko‘z yosh-la kuzatsam yoshligimni? Ketaman men. Osonmi bu fayzli sohilni tark etmoq, Ko‘z o‘ngimda jonlanar olmos cho‘qqili tog‘lar manzarasi, Nigohlarim ardoqlar qadrdon kishilarimning hatto ajinlarin… Ketar ekan, unutib bo‘larmi bularni? Boshqalar ko‘ngliga g‘ashlik solgan davomi…

Kim Yen-Nan (1903-1950)

PIONGULLAR YaShNAB TURARKAN Men mudom o‘z bahorimni kutib yashayman, Biroq piongullar xazon bo‘lgan kun Chulg‘anaman g‘am-g‘ussalarga, Bahor ham jim, mung‘ayib qolar. May kunlarin birida, dimiqqan kunda Yerga tushsa qovjiragan birorta gulbarg, Birdan yo‘qoladi piongullar dengizi. Mening qalbimda so‘nar junbush zavq. davomi…

Cho Nam-Son (1890-1957)

DENGIZ VA O‘G‘LONLAR G‘alayonli to‘lqinlarim, to‘fonim-la men Sindiraman va yiqaman hamma narsani. Nima menga — tog‘ haybatli yuksak maqbara, Nima menga — cho‘ng qoyalar metin, nuramas, Siz bilmaysiz qudratimni, jazavamni, o, Sindiraman va yiqaman hamma narsani Tug‘yonlarim, na’ralarim, dag‘dag‘am bilan! davomi…