Kim Yon-Gi (1960)

AYRILIQ Yer yumaloq, Quyosh yumaloq. Koinot ham yumaloq. Agra egri bo‘lmasa inson tuyg‘ulari, Iziga qaytsin. Har kim yog‘duga duch kelar yo‘lida, Duch kelar yangi barg chiqargan niholga. Parvozdagi qushdek, tuyaman ayon Yerning tortish kuchi, osmon zalvarin. Yangi kun haqida qayg‘uraman davomi…

Kim Xyon-Chjo (1956)

TOG‘ Oyoqqa turgach u Qo‘yib yubordi nafsini; Boyliklar orttirgach Unuta bordi uyatni. Yuksak osmonlarga intildi Va uning tashvishlaridan Kirlandi musaffo dunyo. Tog‘, Bag‘rida qiyg‘os ochilgan Gullar kulgusini yashirdi. KO‘L Qachonlardir javlon urgan vaqt Tomchiga aylanib, uyquga cho‘mdi. Kulgusiz, faryodsiz bo‘m-bo‘sh davomi…

Pak Mok-Vol (1917-1978)

OY Gullayotgan shaftolining Shoxlariga yashirinib Oy suzib borar. Nedong-myon yoki Odong-myon Qishloqlari ustidan, Pulguks ibodatxonasi turgan joylar, Kyongchju viloyati uzra. Oy suzib borar Gullagan shaftolining Shoxlariga burkanib. TOG‘ ShAFTOLISI GULLADI Tepalik, Xugasan tepaligi, Qizil toshlari yal-yal tepalik. Gulga kirdi tog‘ davomi…

Cho Chji-Xun (1920)

ROHIBA RAQSI Oppoq yopinchig‘i mayin shohidan, Qo‘nib turgan kapalakdir naq. Taqir boshi harir mato ostidan Yaltillab ko‘rinar. Ol yonog‘i shundoq mas’umki, Ko‘ngling ohlarga to‘lar. Bo‘m-bo‘sh kat ustida sham nuri milt-milt. Nokning shoxlariga qo‘nib o‘tar oy. Havolanar uzun yenglar osmonga. Chiroyli, davomi…

Pak Tu-Chin (1916)

QUYoSh Chiqqin, quyosh, chiqqin! Nurli, musaffo yuzing bilan yarqira, erka quyosh! Ko‘taril tog‘ cho‘qqilari uzra Va yorit tunning zulmatini. Ko‘taril tog‘ cho‘qqilari uzra, Yondir, abas ayla qorong‘ilikni. Men nafratlanaman oydin tundan, Xush ko‘rmayman oydin tunni — Oy daryolarni ko‘z yoshlari davomi…


Maqolalar mundarijasi