Kim Yon-Gi (1960)

AYRILIQ

Er yumaloq,
Quyosh yumaloq.
Koinot ham yumaloq.
Agra egri bo‘lmasa inson tuyg‘ulari,
Iziga qaytsin.
Har kim yog‘duga duch kelar yo‘lida,
Duch kelar yangi barg chiqargan niholga.
Parvozdagi qushdek, tuyaman ayon
Erning tortish kuchi, osmon zalvarin.
Yangi kun haqida qayg‘uraman
Hech kimni o‘ylamay,
G‘amdan mosuvo vaqt — bardoshli ash’yo,
Birlashtirar odamlarni yangi ufq ishqi.
Mayli, hozirdanoq otlansin yo‘lga
Bizni tashlab ketishga
Axd qilganlar.

TOVON-SADAGI BUDDA IBODATXONASI

O‘rganmoqdaman o‘lishni.
Ajib vodiy uzra tek qotdi shamol,
Chuldiragan irmoq ummonga yetolgaymi,
Garchi tog‘ qushi har mavsum
Iltijo qilsa ham Buddaga.
Yag‘och shaqildoqning ogohlanturguvchi
Sadosi uyg‘otar mudroq tog‘larni.
Shu bois o‘lmoq dushvor.
Ortdagi umrimga tashlayman nigoh…
Eh, dushvor!
Tugundek ortmoqlab vasiyatlarni
Yuguramiz hayot qo‘ynida hargiz.
Biroq aqidalar
Sinar muz kabi.
Muzlagan yurak ham singaymi shudoq?
Yashasa bo‘lurmi dardsiz, sog‘inchsiz?

Mirpo‘lat Mirzo tarjimasi.