Abdulla Ulug‘ov. Jafokash ko‘ngil isyoni (1990)

Puldan qalqon, mansabdan ko‘rg‘on yasab olgan kimsalar azal-azaldan mehnatkash ommani azoblab kelgan. Tarixdagi barcha inqiloblaru qo‘zg‘olonlar asli shu toifaning nopok xatti-harakatlariga nisbatan norozilik tufayli sodir bo‘lgan. Bu isyonli kurash, to‘qnashuvlarda son-sanoqsiz mehnatkash ommaning qoni daryo-daryo bo‘lib oqqan. Ammo qon daryo-daryo davomi…

Ahmad Aliyev. Mustamlakachilikka o‘t ochgan asar (1989)

«Hind ixtilolchilari» asari Fitratning ijodiy faoliyati ayni voyaga yetgan davrda yozilgan bo‘lib, Germaniya poytaxti Berlinda 1923 yili o‘zbek tilida bosilib chiqdi. Asar tili shirali, voqealar qiziqarli bayon etilgan, unda davrning muhim muammolaridan biri qalamga olingan. Fitrat 1919 yildan to 1935 davomi…

Anton Antonov-Ovseenko. Jallod martabaga intilganda (1988)

Quyida yozuvchi Anton Antonov-Ovseenkoning «Zvezda» jurnalida (1988 yil, 9-son) chop etilgan I. V. Stalinning ishongan «odami», hamtovog‘i, mamlakatni «xalq dushmanidan» xalos qilish vasvasasiga tushib, ommaviy qirg‘inni avj oldirgan jallod Beriyaning qonli kechmishiga bag‘ishlangan «Jallod martabaga intilganda» maqolasini qisqartirib bosayotirmiz. «Guliston» davomi…

Eleonora Amashkevich. Kino san’atidagi asorat (1989)

Konfliktsizlik nazariyasi. Bu zararli nazariya boshqa san’at asarlarida bo‘lganidek, kino san’atida qam jiddiy asorat qoldirdi. Biz quyida shu xususda mulohazalar yuritamiz. Avvalo «nazariya» tarixi haqida. Sovet estetikasi, adabiy tanqid va adabiyotshunoslikda qabul qilingan bu shartli atama, birinchi galda, zamonaviy voqealarga davomi…

Matyoqub Qo‘shjonov. Onam va elim bag‘rida (1990)

1945 yil, sentyabr Chorjo‘ydan ko‘tarilgan samolyot sekin Toshhovuz aeroportiga kelib qo‘ndi. Bundan uch yilu to‘rt oy muqaddam ZIS yuk mashinalarida Chorjo‘y shahri tomon yo‘l olgan edim. Endilikda xuddi shu yo‘ldan havo orqali qaytib keldim. Ketishda biz 100 nafarcha ziyoli yigitlar davomi…

Safter Nagayev. Ijodkor boqiyligi (1990)

Jahondagi ellar va elatlar singari qrimtatar xalqining ham qadimiy madaniy va adabiy merosi, nafis san’at namunalari mavjud. Qrimtatar she’riyatining olamga mashhur namoyandasi — Oshiq Umar (Umar Abdulla o‘g‘li) adabiy merosi asrlar bilan bo‘ylashib, bu adabiyotni olamga ko‘z-ko‘z qilib kelayapti. Ovrupo davomi…

Abdulaziz Abdurahmonov. Choyxona (1989)

Choyxona va choyxona xizmati — qadimgi milliy an’analarimizdan. Inqilobdan oldin O‘rta Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda mehmonxonalarning kamligi, radio, televizor kabilarning omma orasida keng tarqalmaganligi va hatto yo‘qligi sharoitida mehnatkashlar ishdan bo‘sh vaqtlarini ko‘pincha choyxonalarda o‘tkazganlar. Shaharlardagi choyxonalarda qishloqlardan, uzoq yurtlardan kelgan davomi…

Ahmadjon Mahmudov, Farida Alimxo‘jayeva. Nutq va xushovozlik (1989)

Nutqning xushovozligi haqidagi bilimlarni evfonologiya o‘rganadi. U xushovoz va jo‘n nutqning sifatlarini tavsiflaydi. Shuningdek, tovush birikuvlarining bir xillari xushovoz, boshqa birlari xushovoz bo‘lmagan sifatlarda jaranglaydi. Tillarni bunday guruhlarga bo‘lish quldorlik jamiyati davridan boshlangan. U vaqtda o‘zga tillarga dushmanlarcha qaralib, ularni davomi…

Berdiali Imomov. Ko‘p qirrali san’atkor (1990)

G‘ulom Zafariy o‘zbek sovet adabiyotining yuzaga kelishiga, uning hayot talablariga ko‘ra davr kishilarining ma’naviy ehtiyojlarini qondirish ishiga munosib hissa qo‘shgan so‘z san’atkorlaridan biridir. Ijodini Ulug‘ Oktyabr g‘alabasigacha boshlagan bu adib she’r va piyesalarida davrning qoloq tomonlarini, ayniqsa, yoshlar hayotida uchrovchi davomi…