Simon Karmiggelt. Ishqiy sarguzasht (hikoya)

Kinodan xayoli parishon chiqqan qiz stoyanka-qantarmaga o‘tib, velosipedini oldi. Uyga jo‘nashidan oldin chirog‘ini yoqib ko‘rdi. Yonmadi. — Ahvol chatoqmi? — degan ovoz eshitildi. Yonida o‘ttiz yoshlardagi po‘laroq yigit turardi. U qornini ichiga tortishga harakat qilayotgan bo‘lsa-da, ko‘zoynagi ortidagi nigohida qandaydir davomi…

Simon Karmiggelt. Sovuq (hikoya)

Ella biznikida o‘tgan-ketgandan, turish-turmushdan shunchaki, gap sotib, yarim tungacha laqillab o‘tirdi. — Sizlarga naqadar maza, — deya takrorlardi u ohunikidek ma’yus ko‘zlarini bizdan uzmay. Nazarimda, “maza” so‘zi, aksariyat hollarda, turmushdan maza-matra ketganda esga tushadi. Tun yarimlaganda Ella birdan yoqasini ushladi: davomi…

Simon Karmiggelt. Hamma ketib bo‘lgan (hikoya)

Yakka-yolg‘iz fermaning yoniga yuk mashinasi kelib to‘xtaganida qosh qorayib qolgan edi. Kabinadan kepka kiygan zaifgina chol imillab tushdi. Qariyaning oyog‘i yerga tegishi bilan mashina joyidan qo‘zg‘aldi. Chol chetan eshikni ochdi va ichkariladi. O‘sha lahzada zanjirband it vovulladi. Lekin hovlini kesib davomi…

Simon Karmiggelt. Qayiq (hikoya)

Mo‘jazgina qahvaxonaning derazasi oldidan oqib o‘tgan anhorda did bilan bo‘yalgan “Syuzi” nomli motorli qayiqcha suzib yurardi. Qayiqchani boshiga dengizchilarning xos furajkasini qo‘ndirgan o‘rta yoshlardagi g‘o‘labir kishi mag‘rur boshqarib borardi. Bejirim soyabon ostida, ustiga qavima g‘ilof yopilgan choynak yonida, oftob shuvoqqa davomi…

Simon Karmiggelt. Ayol kishining ovozi (hikoya)

Ishqim tushib qolgan ikki suvratni suqlanib-suqlanib tomosha qilish ilinjida yana Gaagadagi muzeyga bordim. Suvratlar o‘sha-o‘sha, joyi ham, o‘zi ham o‘zgarmagan. Ko‘nglim joyiga tushib, boya kirayotganimda — bir soatgina burun kiyimxona mulozimi – g‘oyat sertakalluf yigitga topshirib ketgan portfelim, yomg‘irpo‘shim va davomi…


Maqolalar mundarijasi