G‘ulom Karim. Jeyms Joys o‘zbek tilida

Biron-bir xalqning muayyan davrdagi ma’naviy darajasi shu xalqning o‘z milliy madaniyati va ajdodlari merosi bilangina o‘lchanmasdan, uning umumbashariy ma’naviy obidalardan qanchalik bahramand bo‘layotganiga ham bog‘liqdir. Shu jihatdan “Jahon adabiyoti” jurnalida (2007 yil mart, aprel sonlari) buyuk irland yozuvchisi Jeyms Joysning davomi…

Nosir Muhammad. Jahonshumul meros

Sharqda o‘zining o‘tli g‘azallari, falsafiy mushohadalari va ma’nolar xazinasi bo‘lgan olti kitobdan iborat “Masnaviyi ma’naviy” asari bilan shuhrat topgan, “Mavlono”, “Mavlaviy” nisbalari bilan tanilgan bu ulug‘ zotning asarlari yuzlab tillarga tarjima qilingan, bu asarlarga bag‘ishlangan behisob sharhlar, tadqiqotlar e’lon qilingan. davomi…

Alisher Shoyimov. Bir munozara tarixi: Xeminguey Folknerdan nega ranjigan edi?

Jahon adabiyotida amerikalik buyuk yozuvchi Uilyam Folknerning 1947 yil aprel oyida Missisipi universiteti talabalari bilan uchrashuvda aytgan fikrlari katta o‘rin tutadi. Ta’bir joiz bo‘lsa, Folknerning aynan o‘sha fikrlari butun bir avlod vakillarining adabiyotga bo‘lgan qarashlarini belgilab berdi. Qolaversa, millionlab kitobxonlar davomi…

Jamshid Matyoqubov. “Bolaligim — oppoq kapalak”

Ulkan tog‘lar, haybatli vulqonlar, azim daryolar ortidan sirtdan qaraganda sokin, ammo hayot qaynab yotgan bir o‘rmon boshlanadi. Bu — Chili o‘rmonlari. Yovvoyi o‘tlarning o‘tkir bo‘yi, o‘rmon qushlarining nag‘malariga to‘lib-toshgan ulug‘vor o‘rmon — misli xazina.Mana shu sokin zaminda, uzoq g‘arbdagi olis davomi…

“137” – mo‘jizaviy sonmi?

Inson tabiat hodisalarini tushunishga hamisha harakat qilib keladi. Bunda unga fizika qonunlarini bilish ham yordamga kelishi mumkin. Chunki keyingi asrlarda bu qonunlar ilmiy tafakkurning taraqqiy etishiga, yangi-yangi kashfiyotlarning ro‘yobga chiqishiga turtki berdi. Fizika fanining o‘ziga xos tomonlaridan biri uning qonunlaridagi davomi…

Pirimqul Qodirov. Dunyoni lol qoldirgan siymo

Jahon tarixida yorqin iz qoldirgan ulkan qahramonliklar Vatanni bosqinchilar asoratidan ozod etib, elu yurtni mustamlaka zulmidan xalos etishda yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘z xalqining daho xaloskori sifatida dovruq qozongan sohibqiron Amir Temur bobomiz shunday tabarruk siymolardan hisoblanadi.O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning davomi…

Iqbol Qo‘shshayeva. Zakovat shu’lasi

Jahon adabiyotining mumtoz asarlari umuminsoniy meros sanaladi. Qaysi xalq vakili tomonidan yaratilgani yoki qaysi tilda yozilganidan qat’i nazar, bunday asarlar barcha zamonlarda dunyo kitobxonlariga yuksak insoniy tuyg‘ularni ulashib, ularning ma’naviy olamini boyitib keladi.Albatta, har qaysi avlod klassik adiblar ijodiga o‘z davomi…