Muhammad Halim Yorqin. Boburmi, Babarmi yo Bobir? (2005)

Hijriy qamariy 888 yili muharram oyining oltinchisida Farg‘ona shohi Umarshayx mirzo haramida Qutluqnigorxonim batnidan bir o‘g‘il tug‘ildi. «Tarixi Rashidiy» muallifi Mirzo Haydar Dug‘lotning yozishicha, «mutabahhir olimlardan biri mavlono Mir Marg‘iloniydan… ot qo‘yish iltimos qilindi va u kishi Zahiriddin Muhammad (maqoladagi davomi…

Ulug‘bek Hamdam. Qodiriyning xizmati nimada?

Qodiriy o‘zbek xalqining eng sevimli adiblaridan biri. Yozuvchi va uning asarlari borasida qariyb bir asrdan buyon jiddiy fikr-mulohazalar bildiriladi, qizg‘in bahs-munozaralar olib boriladi. Chunki uning xalqimiz madaniyati va adabiyoti tarixida tutgan o‘rni bag‘oyat sal­moqlidir. Adabiyotshunos olim Umarali Normatovning “Qo­di­riy mo‘jizasi” davomi…

Valijon Qodirov, Akramjon Vahobov. “Boburnoma”dagi ta’rix — muammolar muammosi

“Boburnoma” ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan nodir asarlar sirasidagi dunyoga mashhur bitikdir. Bu asar G‘arbu Sharqda katta qiziqish bilan o‘rganilgan, hozir ham unga qiziqish susaygani yo‘q. “Boburnoma”ni ommaviy chop etish muallifning avlodlari bo‘lmish biz o‘zbeklardan oldin G‘arb olimlariga nasib bo‘lgan. XIX asr davomi…

Muhammadjon Xolbekov. Marsel Prust prozasi

Frantsuz adibi Marsel Prust ijodi yigirmanchi asr frantsuz romanchiligi tanazzulga uchragan bir paytda, uning taraqqiyot jarayonida keskin o‘zgarishlarni belgilab berdi. Adib asarlari, asosan, 1912-1922 yillar oralig‘ida, ya’ni, butun Yevropani larzaga keltirgan Birinchi jahon urushi va undan keyingi ijtimoiy-siyosiy oqibatlaridan tang davomi…

Botirxon Akramov. “So‘z lavhi”ga bitilgan mo‘jiza

Turkiy tildagi birinchi rubobiy-lirik kulliyot “Xazoyin ul-maoniy”ning ikkinchi devoni “Navodir ush-shabob” tarkibidagi 457 raqamli, an’anaviy unvon-sarlavha ostida: “Nun” harfining nozaninlarining nozi- “Navodir”din…” muxtasar ta’rifi berilgan “hazaji musammani maqsur” (“mafoilo‘n mafoilo‘n mafoilo‘n mafoil”) bahrida yaratilgan shohbayt sharhi-talqini: Yorur xoling xayolidin oqarg‘on davomi…

Normat Yo‘ldoshev. Yoniq qalb munaqqidi (2012)

Atoqli munaqqid Ozod Sharafiddinov adabiyotshunoslik maydoniga o‘tgan asrning elliginchi yillarida kirib keldi. Bu xususda, ulug‘ yozuvchi Abdulla Qahhorning ushbu so‘zlarini eslash joizdir: “Ozod Sharafiddinov adabiyot ilmiga, aniqroq qilib aytganda, adabiy tanqidchilikka yonib kirdi va hozirgacha mana shu fazilatni saqlab qoldi”. davomi…