Erkin Vohidov. Tirik xazina yoxud jahongashta so‘z

Har ulfatning o‘z hangomasi bor, deganlaridek, shoir, yozuvchilar yig‘ilib qolsa, bahs-munozara ko‘pincha So‘z ustida ketadi. Negaki, bizni binokor desa g‘ishtimiz, dehqon desa dalamiz, g‘avvos desa ummonimiz, uchuvchi desa osmonimiz — So‘z. Dunyoda qancha ijodkor bo‘lsa, shuncha tafakkur tarzi, shakllangan ko‘zqarash davomi…

Valijon Qodirov. Bobur Navoiy bilan adashmi? (2009)

Bu savoldan hayron bo‘lishingiz tabiiy: ismi bir xil kishilar adash bo‘ladi, bu yerda unday nisbat yo‘q-ku? Albatta, shakl jihatidan ulug‘ bobolarimiz adash emasligi aniq. Lekin ismlari anglatgan ma’nolarga ko‘ra nomdoshdirlar. Qanaqasiga deysizmi?Avvalo hazrat Navoiyning ismlari kelib chiqishi — etimologiyasiga diqqatni davomi…

Alisher Otaboyev. Murakamining g‘aroyib matni

“Mukammal matn deganlari, aslida, yo‘q narsa. Xuddi butkul umidsizlik bo‘lmaganidek.” Mashhur yaponiyalik yozuvchi Xaruki Murakami “Shamol qo‘shig‘ini tingla”* deb nomlangan ilk romanini shu jumla bilan boshlagan. Bugungi kunda o‘ndan ortiq romani dunyodagi deyarli barcha tillarga o‘girilgan, zamonaviy yapon adabiyotining klassigi davomi…

Akmal Saidov. Daho san’atkor

Jahon adbiyotining buyuk namoyandasi Vilyam Shekspirning o‘nlab asarlari o‘zbek kitobxonlariga Abdulhamid Cho‘lpon va Maqsud Shayxzoda, G‘afur G‘ulom va Komil Yashin, Turob To‘la va Ramz Bobojon, Uyg‘un va Jamol Kamol, Qodir Mirmuhamedov va Sa’dulla Ahmad tarjimalarida taqdim etilgan. Darhaqiqat, buyuk adiblarning davomi…

Bosma kitoblar o‘ladimi?

Globallashuv davrida internetning ta’sir ko‘lami va doirasi tobora kengayib bormoqda. Virtual tarmoq odamlarning axboriy ehtiyojini qondirishda an’anaviy ommaviy axborot vositalarini ham ortda qoldirmoqda. Tabiiyki, axborot texnologiyalarining jadal taraqqiy etishi kitobxonlikka ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmayotir. Hozirda jahondagi ko‘pgina bosma nashrlarning davomi…

Ahmadjon Meliboyev. Fisher daho edimi?

Zamonamizning ulug‘ shaxmatchilaridan biri, favqulodda noyob iste’dod egasi Bobbi Fisherning nomi va ijodi bilan tanish bo‘lmagan shaxmat muxlisini topish qiyin. Uning xayrixohlariyu raqiblari ham oshkora e’tirof etgan noyob qobiliyati, anglash va tushunish oson bo‘lmagan murakkab hayoti, boshqalarnikiga o‘xshamaydigan ajabtovur dunyoqarashi, davomi…