Google Analytics ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda Ziyouz portaliga tashriflar soni 5 752 724 tani (www.ziyouz.com — 4 750 055; www.ziyouz.uz — 1 002 669) tashkil etdi (kuniga o‘rtacha 15 760 kishi). Tashrif buyurganlarning 76 foizi O‘zbekistondan. Rossiya (8%), Qozog‘iston (5%), Qirg‘iziston (3%), Tojikiston (2%), AQSh (2%), Turkiya (1%) kabi 154 davlatdan muxlislar tashrif buyurgan.
Ushbu ro‘yxatlar 2019 yilda portalda eng ko‘p o‘qilgan hikoyalar tahlili asosida tuzildi. Ro‘yxatning avvalida eng ko‘p mutolaa qilingan hikoya o‘rin oldi. Ayni muallifning jami 1000 o‘quvchidan kam bo‘lmagan va reytingning yuqori 100 taligidan o‘rin olgan hikoyalari ham ro‘yxatga kiritildi.
O‘zbek adabiyotidan (hikoyalar soni va eng ko‘p o‘qilganiga ko‘ra) Abdulla Qahhor asarlari, jahon adabiyotidan Anton Chexov asarlari eng ko‘p mutolaa qilingan.
O‘zbek adabiyotidan eng ko‘p o‘qilgan hikoyalar:
1. Abdulla Qahhor. «Anor», «Dahshat», «Bemor»
2. Baxtiyor Nuriddinov. “Boshpana”
3. Said Ahmad. «Qorako‘z Majnun», “Sarob”
4. Tohir Malik. “Qarg‘ish”
5. Azamat Qorjovov. «Sandiqda saqlangan sir»
6. Nurulloh Muhammad Raufxon. “Qiyomat”
7. Erkin A’zam. “Turmush”
8. Xurshid Davron. «Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat»
9. Xayriddin Sultonov. “To‘qchilik va yo‘qchilik”, «Yo, Jamshid»
10. Abdulla Qodiriy. “Jinlar bazmi”
11. O‘tkir Hoshimov. «Oq bulut, oppoq bulut»
12. Salomat Vafo. “Ustyurt”
13. Nazar Eshonqul. “Maymun yetaklagan odam”
14. Nabi Jaloliddin. “Dayus”
15. Isajon Sulton. “Hazrati Hizr izidan”
16. Shukur Xolmirzayev. «O‘zbek xarakteri»
17. Oybek. «Fanorchi ota»
18. Abduqayum Yo‘ldosh. “Qotil”
19. G‘afur G‘ulom. “Mening o‘g‘rigina bolam”
20. Hamid G‘ulom. “Hayot so‘qmoqlari”
Jahon adabiyotidan eng ko‘p o‘qilgan hikoyalar:
1. Frants Kafka. «Evrilish»
2. Tomas Mann. “Hammamiz boradigan manzil”
3. Agata Kristi. «Tilsimli shaxmat»
4. Anton Chexov. «Semiz va oriq», “G‘ilof bandasi” «Yovuz niyatli kishi»
5. Jek London. «Hayotga muhabbat»
6. Aziz Nesin. «Dahshatli tush», “Ming marta shukur!”
7. Lev Tolstoy. “Xo‘jayin va xizmatkor”, “Bazmdan so‘ng”
8. Umar Sayfiddin. “Zaytun va non”
9. Akutagava Ryunoske. “Do‘zax azoblari”
10. Mixail Sholoxov. «Inson taqdiri»
11. Ivan Turgenev. «Mumu»
12. Ernest Xeminguey. “Qotillar”
13. Gi de Mopassan. “Do‘ndiq”
14. Artur Konan Doyl. “Moviy karbunkul”
15. Sodiq Hidoyat. “Vatanparast”
16. Yashar Kamol. “Chaqaloq”
17. O‘rxon Kamol. “Bolalar va kattalar”
18. Jan-Pol Sartr. “Xona”
19. Rabindranat Tagor. «Nur va soyalar»
20. O‘g‘uz Atay. “Unutilgan”
* * *
O‘zbek she’riyatidan eng ko‘p o‘qilgan sahifalar:
1. Alisher Navoiy (1441-1501)
2. G‘afur G‘ulom (1903-1966)
3. Abdulla Oripov (1941-2016)
4. Ahmad Yassaviy (XII asr)
5. Yusuf Xos Hojib (1020-1070)
6. Obid Rasul (1922-2001)
7. Kavsar Turdiyeva (1958)
8. Iqbol Mirzo (1967)
9. Shamsiddin Sadoiy (1958)
10. Farida Afro‘z (1956)
11. Ilyos Muslim (1909-1993)
12. Mashrab (1610-1711)
13. Chustiy (1904-1983)
14. Erkin Vohidov (1936-2016)
15. Zafar Diyor (1912-1946)
16. Muhammad Yusuf (1954-2001)
17. Rauf Tolib (1946-2009)
18. Safar Barnoyev (1938-2001)
19. Hamid Olimjon (1909-1944)
20. Mirtemir (1910-1978)
Jahon she’riyatidan eng ko‘p o‘qilgan sahifalar:
1. Umar Xayyom (1048-1131)
2. Muhibbiy – Sulton Sulaymon Qonuniy (1494-1566)
3. Jaloliddin Rumiy (1207-1273)
4. Sa’diy Sheroziy (1203-1292)
5. Ibroyim Yusupov (1929-2008)
6. Abdurahmon Jomiy (1414-1492)
7. Mirzo Abdulqodir Bedil (1644-1721)
8. Muhammad Fuzuliy (1498-1556)
9. Imodiddin Nasimiy (1370-1417)
10. Mixail Lermontov (1814-1841)
11. Maxtumquli (1733-1783)
12. Abu Ali ibn Sino (980-1037)
13. Abu Abdullo Rudakiy (858-941)
14. Sergey Yesenin (1895-1925)
15. Nizomiy Ganjaviy (1141-1209)
16. Yunus Emro (1240-1320)
17. Aleksandr Pushkin (1799-1837)
18. Abay (1845-1904)
19. Hofiz Sheroziy (1325-1388)
20. Najmiddin Kubro (1145-1221)
* * *
2019 yilda eng ko‘p o‘qilgan maqolalar
1. Sohibqiron Amir Temur
2. Zahiriddin Muhammad Bobur
3. Alisher Navoiy
4. Ilm – eng buyuk sharaf
5. Alisher Navoiy hikmatlari
6. 2018 yilda Ziyouz portalida eng ko‘p o‘qilgan kitoblar, hikoyalar, she’rlar, mualliflar
7. Rakning davosi shunchalik osonmi? (Yong‘oqning tabobatda qo‘llanilishi haqida)
8. Buyuk Xitoy devori
9. Abror Muxtor Aliy: “Ramazon — ilm va kitobxonlik oyidir”
10. BBC: barcha davrlarning yang yaxshi 200 ta romani
11. Amir Temur va Yildirim Boyazid orasidagi maktublashuv
12. Kitob haqida qiziqarli faktlar
13. Hamza Hakimzoda Niyoziy
14. Ikkinchi jahon urushini kim boshlagan?
15. Konfutsiy hikmatlari
16. Ubaydulla Uvatov. Abu Iso at-Termiziy
17. Ziyouz portalida eng ko‘p o‘qilgan kitoblar 20 taligi
18. Guardian: Barcha davrlarning eng yaxshi 100 kitobi
19. Abdurauf Fitrat
20. Dunyoning buyuk romanlari: Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar