Gabriel Garsia Markes. Jazirama (hikoya)

Poyezd alvon-alvon qoyalar oralig‘idagi po‘lat izdan larzalanib chiqib, bananzor oralab pishqira ketdi. O‘ngda ham, so‘lda ham – hamma yoqda bir xil — bananzor, oxiri ko‘rinmaydi. Havo nam tortib, dengizdan kelayotgan epkin sezilmay qoldi. Vagon derazasidan ko‘ngilni aynitadigan achchiq tutun yopirildi. davomi…

Gabriel Garsia Markes. Bizning shaharda o‘g‘ri yo‘q (hikoya)

Damaso uyiga qaytganida xo‘rozlar endi qichqira boshlagan, bo‘yida yetti oylik gumonasi bo‘lgan xotini Ana uni to‘shakda kiyimlarini ham yechmasdan kutib o‘tirar edi. Chiroq xira tortib qolgan. Damaso angladiki, xotini uni tuni bilan kutgan, ko‘zlari to‘rt bo‘lib, zor-intizor kutgan, hatto eshikdan davomi…

Simon Karmiggelt. Ishqiy sarguzasht (hikoya)

Kinodan xayoli parishon chiqqan qiz stoyanka-qantarmaga o‘tib, velosipedini oldi. Uyga jo‘nashidan oldin chirog‘ini yoqib ko‘rdi. Yonmadi. — Ahvol chatoqmi? — degan ovoz eshitildi. Yonida o‘ttiz yoshlardagi po‘laroq yigit turardi. U qornini ichiga tortishga harakat qilayotgan bo‘lsa-da, ko‘zoynagi ortidagi nigohida qandaydir davomi…

Simon Karmiggelt. Sovuq (hikoya)

Ella biznikida o‘tgan-ketgandan, turish-turmushdan shunchaki, gap sotib, yarim tungacha laqillab o‘tirdi. — Sizlarga naqadar maza, — deya takrorlardi u ohunikidek ma’yus ko‘zlarini bizdan uzmay. Nazarimda, “maza” so‘zi, aksariyat hollarda, turmushdan maza-matra ketganda esga tushadi. Tun yarimlaganda Ella birdan yoqasini ushladi: davomi…

Simon Karmiggelt. Hamma ketib bo‘lgan (hikoya)

Yakka-yolg‘iz fermaning yoniga yuk mashinasi kelib to‘xtaganida qosh qorayib qolgan edi. Kabinadan kepka kiygan zaifgina chol imillab tushdi. Qariyaning oyog‘i yerga tegishi bilan mashina joyidan qo‘zg‘aldi. Chol chetan eshikni ochdi va ichkariladi. O‘sha lahzada zanjirband it vovulladi. Lekin hovlini kesib davomi…

Simon Karmiggelt. Qayiq (hikoya)

Mo‘jazgina qahvaxonaning derazasi oldidan oqib o‘tgan anhorda did bilan bo‘yalgan “Syuzi” nomli motorli qayiqcha suzib yurardi. Qayiqchani boshiga dengizchilarning xos furajkasini qo‘ndirgan o‘rta yoshlardagi g‘o‘labir kishi mag‘rur boshqarib borardi. Bejirim soyabon ostida, ustiga qavima g‘ilof yopilgan choynak yonida, oftob shuvoqqa davomi…

Simon Karmiggelt. Ayol kishining ovozi (hikoya)

Ishqim tushib qolgan ikki suvratni suqlanib-suqlanib tomosha qilish ilinjida yana Gaagadagi muzeyga bordim. Suvratlar o‘sha-o‘sha, joyi ham, o‘zi ham o‘zgarmagan. Ko‘nglim joyiga tushib, boya kirayotganimda — bir soatgina burun kiyimxona mulozimi – g‘oyat sertakalluf yigitga topshirib ketgan portfelim, yomg‘irpo‘shim va davomi…

Ivo Andrich. Chalg‘i (hikoya)

Yakshanba kuni shaharni shovqin-suron butkul zabtiga oladi: sigirlar mu’ragan, qo‘y-qo‘zilar ma’ragan, g‘ala-g‘ovur, baqiriq-chaqiriq, ur-sur. Lekin savdo rastalari uzra to‘xtovsiz sado berib turadigan temirlar darang-durungi ularning hammasini bosib ketadi: dehqonlar sotib olayotgan chalg‘ilarini do‘konlarning tosh ostonalariga urib-surib sinab ko‘radi. Jarang-jiring! Darang-durung… davomi…