Muhammad Ochil. Hali boplaydi (hajviya)

Jamol Jo‘shqin muharrir xonasiga quyunday bostirib kirdi.— Xo‘sh-sh?! – dedi qalin qoshlarining har bir mo‘yini igna qilib. — So‘rash joizmi?! Ne sabab, kaminaga mukofot yozilishida faromushga yo‘l qo‘yilibdi?! “Ostonai-tahririyat” tuprog‘ini yigirma yildan oshiq yalab kelayotgan menday jafokash jurnalist… Ehm, qolaversa, davomi…

Yusuf Ziyodov. Mehr (hikoya)

Telefon jiringladi. Go‘shakdan ayol kishining nihoyatda yoqimli, muloyim va iymanish ohangidagi ovozi eshitildi. Bilsam, u bizning sohamizga unchalik tegishli bo‘lmagan masala yuzasidan qo‘ng‘iroqqilibdi. Chekka viloyatdan ekanligi, kimga murojaat qilishni bilmaganligini aytib, iloji bo‘lsa yordam berishimizni so‘radi. Telefon orqali hal qilsa davomi…

G‘ozi Rahmon. Oypari (hikoya)

Oypari yovvoyi kaptarning suluv bolasi, negadir boshqa qarindoshlariga sirayam o‘xshamas, a’zoyi badani oppoqqina tuk bilan qoplangan edi. U osmon bilan bo‘ylashadigan “Kelin uchdi” jarida yashardi. O‘tgan yili erta bahorda jardan bexos tarma uchdiyu uyasi buzilib ketdi. Qorong‘u to‘s-to‘polonda tasodif qayig‘ining davomi…

Suyundik Mamirov. Ota (hikoya)

Rasul ota bizga qo‘shni mahallada yashaydi. Juda nuroniy, farishtali mo‘ysafid. Bir paytlar hamqishloq bo‘lganimiz uchun (hozirda shaharda yashaymiz) u kishining uyiga hol-ahvol so‘ragani borib turaman. Qizlarini tagli-tugli joylarga uzatgan. Chol-kampir o‘g‘li va kelini bilan birga yashashadi. Ularning xonadonidagi tartib, ozodalikka davomi…

Muattar Baratova. Rayhon (hikoya)

Kuz oyoqlagan esa-da, tabiat hali ham ochilmagan qirralarini namoyon etishda davom etmoqda. Olis o‘lkalarga yo‘l olayotgan qushlar parvozida andak hazinlik seziladi. Sarg‘aygan yaproqlarning bir maromda to‘kilishi ezgin bir kayfiyat uyg‘otadi kishida. Maktabimiz hovlisi tegrasida saf tortgan adl teraklar novdalarida esa davomi…

Abdusattor Hotamov. Tog‘a-jiyanlar (hikoya)

U qorovulxona yo‘lagidan ketayotib bejirimgina qo‘l telefon topib oldi. Sirtiga tilla suvi yugurtirilgan bo‘lib, ajabki, faqat uchtagina tugmachasi bor edi: yashil, qizil va yana ovoz belgisini ko‘rsatuvchi to‘lqinli chiziqchalar tortilgantugmacha!Qari-qartanglar, ko‘zi ojizlar uchun ovoz bilan istagan odamini chaqirib beradigan “sotka”lar davomi…

Salim Abdurahmon. Qadr (hikoya)

Kamol tegirmonchi mashinaga deb jamg‘argan pulini beligabog‘ladi-da, doim sochini ustara bilan qirdirib yuradigan taqir boshiga o‘n yillik quloqchinli malla telpagini bostirib, egniga eski charm kurtkasini kiydi va otini minib qo‘shni qishloqqa yo‘l oldi. …U anchadan beri do‘sti Safaralining «Volga»sini ko‘z davomi…

Yayra Abdullayeva. Yolg‘izim (hikoya)

Yana kech qoldim. Yarim soatga… Men xohlabmidim shuni… Nima, sizni uyga kech qaytgan vaqtingiz bo‘lgan emasmi? Umuman, qachon kelishimdan qat’iy nazar, kunimning tongidan shomigacha hisobini berishim shart unga. Berayotgan savollari boshimni gangitsa ham, dudama so‘zlari yuragimga botib, ko‘ksimni vayron qilsa davomi…

Hamroxon Musurmonova. Shabnam soyasidagi muhabbat (hikoya)

Tohirning g‘alati odati bor. Bahordan kech kuzgacha har kuni ertalab quyosh chiqmasidan avval turib, hovlidagi maysalar ustida yalangoyoq yuradi. Muzdek shudringdan tanasi yayraydi. Hovlisidagiyam-yashil maysalarni kunda-kunora sug‘oradi. Dimog‘iga o‘t-o‘lan hidi urilib, huzur qiladi. Bugun ham o‘rnidan turdiyu yuz-qo‘lini yuvib, maysalarga davomi…